يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرْتَضَىٰ وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِۦ مُشْفِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bo`lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qo`rqinchidan titragan holda tururlar.У зот уларнинг олдиларидаги нарсани ҳам, ортларидаги нарсани ҳам билур. Улар фақат У зот рози бўлган шахсларгагина шафоат қилурлар. Улар У зотнинг қўрқинчидан титраган ҳолда турурлар.Alauddin Mansour: U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib oʻtgan) barcha ish-amallarini bilur. Ular (Qiyomat qoyim boʻlgan kunda) faqat (Alloh) rozi boʻlgan kishilarnigina shafoat qilurlar — oqlay olurlar. Ularning (oʻzlari Allohdan) qoʻrqib xavfu xatarda tururlar.У зот уларнинг олдиларидаги (қиладиган) ва орқаларидаги (қилиб ўтган) барча иш-амалларини билур. Улар (Қиёмат қойим бўлган кунда) фақат (Аллоҳ) рози бўлган кишиларнигина шафоат қилурлар — оқлай олурлар. Уларнинг (ўзлари Аллоҳдан) қўрқиб хавфу хатарда турурлар.
Alloh taolo farishtalarning kelajakdagi ishlarini ham, oʻtgan zamonda qilgan ishlarini ham yaxshi biladi. Yaʼni, Alloh taolo ularni Oʻz ilmi ila ihota qilgandir.
«Ular faqat U zot rozi boʻlgan shaxslargagina shafoat qilurlar.»
Yaʼni, farishtalar qiyomatda shafoat qilsalar, faqat Alloh rozi boʻlgan shaxslargagina shafoat qila oladilar.
«Ular U zotning qoʻrqinchidan titragan holda tururlar.»
Farishtalar shunchalik izzatli, doimo ibodatdagi bandalar boʻlsalar ham, Allohdan qoʻrqib hamisha titrab turadilar.
Ana shunday farishtalarni «Allohning qizi», «sherigi», deb boʻladimi?