لَا يَسْبِقُونَهُۥ بِٱلْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِۦ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Undan oldin so`z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.Улар Ундан олдин сўз айтмаслар. Улар Унинг амри ила амал қилурлар.Alauddin Mansour: (Farishtalar) U zotdan ilgari biron soʻz aytmaydilar (yaʼni, Alloh buyurmagan biron ishni qilmaydilar). Ular (Allohning) amri farmoni bilangina amal qilurlar.(Фаришталар) У зотдан илгари бирон сўз айтмайдилар (яъни, Аллоҳ буюрмаган бирон ишни қилмайдилар). Улар (Аллоҳнинг) амри фармони билангина амал қилурлар.
Farishtalar shunchalik odobli, shunchalik itoatli, shunchalik Allohni ulugʻlaydilarki, hatto, Uning oldida biror ogʻiz soʻz aytishga botinmaydilar. Alloh nima amr qilsa, farishtalar soʻzsiz amalga oshiradilar.