وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَـٰنُ وَلَدًا ۗ سُبْحَـٰنَهُۥ ۚ بَلْ عِبَادٌ مُّكْرَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yo`q! Ikrom etilgan bandalardirlar.Улар: «Роҳман фарзанд тутди», дедилар. У покдир. Йўқ! Икром этилган бандалардирлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, mushriklar): «Rahmonning (farishtalardan) bolasi bor», dedilar. U zot (mushriklarning badgumonlaridan) mutlaqo pokdir. Yoʻq, (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulugʻ bandalardir.Улар (яъни, мушриклар): «Раҳмоннинг (фаришталардан) боласи бор», дедилар. У зот (мушрикларнинг бадгумонларидан) мутлақо покдир. Йўқ, (фаришталар асло Аллоҳнинг болалари эмас, балки) улуғ бандалардир.
Turli zamon mushriklari, «Allohning farzandi bor», deb har xil notoʻgʻri eʼtiqodda boʻlganlar. Yahudiy mushriklar «Uzayr Allohning bolasi», deganlar. Nasoro mushriklar «Masiyh Allohning bolasi», deganlar. Arab mushriklari esa, «Farishtalar Allohning qizlari», deganlar. Ha, mushriklar Allohga bolasi borlik nisbatini berdilar.
«Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar.»
Bu oyatda gap arab mushriklari haqida ketmoqda. Ular: «Alloh farishtalarni oʻziga qiz qilib oldi», dedilar.
«U pokdir.»
Alloh bu nuqsondan pokdir. Oʻziga farzand tutish ehtiyoji insonda bor. Allohda yoʻq. Bu ish Alloh uchun nuqson hisoblanadi. U esa, bundan pokdir.
«Yoʻq! Ikrom etilgan bandalardirlar.»
Yoʻq, mushriklarning gapi notoʻgʻri. Farishtalar Allohning qizlari emas, balki ikrom etilgan bandalaridir.