وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِىٓ إِلَيْهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan ilgari yuborgan har bir Payg`ambarga: «Albatta, Mendan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.Сендан илгари юборган ҳар бир Пайғамбарга: «Албатта, Мендан ўзга ибодатга сазовор илоҳ йўқ. Бас, Менга ибодат қилинг», деб ваҳий қилганмиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir paygʻambarga ham: «Hech qanday iloh yoʻq, magar Mengina bordirman, bas, Mengagina ibodat qilinglar», deb vahiy yuborgandirmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сиздан илгари юборган ҳар бир пайғамбарга ҳам: «Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Менгина бордирман, бас, Менгагина ибодат қилинглар», деб ваҳий юборгандирмиз.
Ibodatga sazovor zot yagona Alloh ekanini anglatish va faqat Unga sigʻinishga chaqirish barcha ilohiy diyonatlar va Paygʻambarlarning ishi boʻlgan. Tavhid aqiydasi hech qachon oʻzgarmagan. Lekin mushriklar oʻzlaricha turli boʻlmagʻur gaplarni oʻylab chiqaradilar. Jumladan: