QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят24

أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً ۖ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَـٰنَكُمْ ۖ هَـٰذَا ذِكْرُ مَن مَّعِىَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِى ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْحَقَّ ۖ فَهُم مُّعْرِضُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir.Ёки Ундан ўзга худолар тутдиларми? Сен: «Ҳужжатларингизни келтиринг. Мана бу мен билан биргаларнинг зикридир ва мендан олдингиларнинг зикридир», дегин. Йўқ, уларнинг кўплари ҳақни билмаслар. Бас, улар юз ўгиргувчилардир.Alauddin Mansour: Yoki Uni qoʻyib (boshqa) «xudolarni» topib oldilarmi?! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: («Ey mushriklar, mana shu shirklaringiz haq ekanligiga) hujjat-dalillaringizni koʻrsatingiz! Mana men bilan birga boʻlgan (moʻminlarning) eslatmasi (yaʼni, Qurʼon) va mendan avvalgilarning eslatmalari (yaʼni, Tavrot, Injil, mana shu kitoblarning qaysi birida Allohdan oʻzga ham xudolar mavjud ekanligiga hujjat-dalil bor?!)» Yoʻq, ularning aksariyati haqiqatni bilmay turib, (undan) yuz oʻgiruvchilardir.Ёки Уни қўйиб (бошқа) «худоларни» топиб олдиларми?! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: («Эй мушриклар, мана шу ширкларингиз ҳақ эканлигига) ҳужжат-далилларингизни кўрсатингиз! Мана мен билан бирга бўлган (мўминларнинг) эслатмаси (яъни, Қуръон) ва мендан аввалгиларнинг эслатмалари (яъни, Таврот, Инжил, мана шу китобларнинг қайси бирида Аллоҳдан ўзга ҳам худолар мавжуд эканлигига ҳужжат-далил бор?!)» Йўқ, уларнинг аксарияти ҳақиқатни билмай туриб, (ундан) юз ўгирувчилардир.

323-sahifa · 17-juz · 33-hizb323-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمِyokiёкиٱتَّخَذُوا۟tutdilarmiтутдилармиمِن-dan-данدُونِهِۦٓundan oʻzgaундан ўзгаءَالِهَةًۭ ۖxudolarniхудоларниقُلْsen aytсен айтهَاتُوا۟keltiringlarкелтирингларبُرْهَـٰنَكُمْ ۖhujjatlaringizniҳужжатларингизниهَـٰذَاmana buмана буذِكْرُzikridirзикридирمَنkimsalarningкимсаларнингمَّعِىَmen bilan birgalarningмен билан биргаларнингوَذِكْرُva zikridirва зикридирمَنkimsalarningкимсаларнингقَبْلِى ۗmendan oldingilarningмендан олдингиларнингبَلْyoʻq (balki)йўқ (балки)أَكْثَرُهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурларٱلْحَقَّ ۖhaqniҳақниفَهُمbas, ularбас, уларمُّعْرِضُونَyuz oʻgirguvchidirlarюз ўгиргувчидирлар
TafsirТафсир

Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib koʻrganda, Alloh taoloning sherigi boʻlishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?

«Yoki Undan oʻzga «xudo»lar tutdilarmi?»

Agar tutgan boʻlsalar, nima asosda tutdilar? Ey Muhammad, sen ularga:

«Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin».

Nimanidir daʼvo qilgan odam, uni isbotlash uchun hujjat-dalil keltiradi. «Allohning sherigi bor» deyish dunyodagi eng katta daʼvo hisoblanadi. Bu daʼvo uchun hujjat-dalil kerak. Qani, ey mushriklar, sizlar bu daʼvoingiz uchun hujjatlaringizni keltiringlar. Keltira olmaysizlar.

Endi, Allohning sherigi yoʻqligiga hujjat-dalilni koʻrib qoʻyinglar.

«Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin.»

Mana bu Qurʼon men bilan birgalarning va mendan oldingilarning zikridir. Ammo unda na qadimda va na hozirda Allohning sherigi borligi haqida biror soʻz yoʻq. Hamma diyonatlar, hamma Paygʻambarlar yagona Allohga iymon keltirishga, yagona Allohga ibodat qilishga chaqirganlar. Anavi mushriklar biror dalilga suyanib gapiryaptilarmi?

«Yoʻq, ularning koʻplari haqni bilmaslar.»

Ular nohaq gapiradilar. Asossiz soʻzlaydilar. Shuning uchun,

«Bas, ular yuz oʻgirguvchilardir».

Yaʼni, haqni bilmaganlari uchun undan yuz oʻgiradilar.