QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят30

أَوَلَمْ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَـٰهُمَا ۖ وَجَعَلْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ۖ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?Куфр келтирганлар осмонлару ер битишган бўлган эканини, бас, Биз уларни очганимизни ва сувдан ҳар бир тирик нарсани қилганимизни билмасларми? Иймон келтирмасларми?Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) toʻsiq (yaʼni, osmonlardan yogʻin yogʻmas, Yerdan esa biron giyoh unmas) boʻlganini, bas, Biz ularni ochib yuborganimizni (yaʼni, osmondan yogʻin yogʻdirib, Yerdan giyoh undirganimizni) va barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni koʻrmadilarmi?! Endi ham iymon keltirmaydilarmi?!Кофир бўлган кимсалар осмонлар ҳам, Ер ҳам (аввалда) тўсиқ (яъни, осмонлардан ёғин ёғмас, Ердан эса бирон гиёҳ унмас) бўлганини, бас, Биз уларни очиб юборганимизни (яъни, осмондан ёғин ёғдириб, Ердан гиёҳ ундирганимизни) ва барча жонли мавжудотни сувдан (пайдо) қилганимизни кўрмадиларми?! Энди ҳам иймон келтирмайдиларми?!

324-sahifa · 17-juz · 33-hizb324-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْaxir emasmiахир эмасмиيَرَkoʻrurlarкўрурларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларأَنَّalbattaалбаттаٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضَva yerва ерكَانَتَاikkovlari ediикковлари эдиرَتْقًۭاbitishgan (yopiq)битишган (ёпиқ)فَفَتَقْنَـٰهُمَا ۖbas, Biz ularni ochdikбас, Биз уларни очдикوَجَعَلْنَاva qildikва қилдикمِنَ-dan-данٱلْمَآءِsuvсувكُلَّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниحَىٍّ ۖtirikтирикأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурлар
TafsirТафсир

Oyati karima maʼnosi xususida qadimgi va hozirgi tafsirchilarimiz ilmlari, maʼrifatlari va tushunchalariga koʻra, bir necha xil maʼnolar aytganlar.

Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumolardan rivoyat qilingan boʻlib, unga binoan: osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomgʻir-qor yogʻdirdik, oqibatda oʻsha suv ila hamma tirik narsalar paydo boʻldi.

Ikkinchisi, boshqa baʼzi bir mufassirlarning fikrlari boʻlib, unga koʻra: osmonlaru yer yoʻq edi, ularni Biz yaratdik, soʻngra, suvdan tirik narsalarni paydo qildik.

Uchinchisi, Ibn Abbos, Ikrima, Hasan, Qatoda roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan boʻlib, unga binoan: osmonlaru yer bir- biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, soʻngra, suvdan tirik narsalarni paydo qildik.

Toʻrtinchi xili hozirgi zamondagi baʼzi tafsirchilarning fikrlari boʻlib, uchinchi maʼnoga yaqin keladi. Unga binoan: osmonu yer, yulduzlaru quyosh–hamma-hammasi bir butun edi, soʻngra Allohning irodasi ila koʻp aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida boʻlib ketdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham alohida boʻldi; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi.

Bularning hammasi fikr va nazariyalardir. Hammasi ham oyati karimaning maʼnosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy maʼnosini Allohning Oʻzi biladi. Biz esa, oyatning maʼnosini ongimiz yetganicha tushunishga harakat qilamiz, xolos. Qurʼon haqiqiy ilohiy kitob ekanligidan hamda zamonlar osha insonning oʻzgaruvchi ilmidan doimo ustun turishidan quvonamiz. Iymonimiz yanada mustahkam boʻladi. Ilmiy kashfiyotlar, xususan, nazariyaga bogʻliq ilmlar bugun birni aytsa, ertaga boshqani aytadi. Ammo Qurʼon magʻrur va sobit turadi. Ilmiy nazariyalar oʻzgaruvchan, Qurʼon oʻzgarmasdir. Shu bilan birga, Qurʼon ilmiy nazariyalar toʻplami ham emas. Balki, baʼzan ilmga oid maʼlumotlarga ham murojaat qilsa, ularni iymonga daʼvat yoʻlida ishlatadi. Ana shunda haqiqiy ilm egalari hidoyat topadilar. Shu oʻrinda hozirgi kun ilmining falakiyot nazariyasi Qurʼoni Karim bundan oʻn toʻrt asr ilgari bir oyatning yarmida aytib oʻtgan maʼlumotni takrorlayotganini ham eslatmoqchimiz. Faqat ilmiy dalilga ishonamiz, deydiganlar Qurʼonning ilohiy kitob ekaniga endi tan berishlari kerak. Aks holda, daʼvolari nohaq boʻlib chiqadi.

Ushbu oyati karimaning ikkinchi qismidagi:

«...va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni» degan maʼnoni Qurʼondan bir ming toʻrt yuz yil keyin takrorlagan ayrim odamlar ulugʻlanmoqda. Kishilar ularga tahsinlar oʻqimoqda. Nomlari koʻklarga koʻtarilmoqda. Ammo nega bu haqiqatni ming toʻrt yuz yil ilgari taʼkidlagan kitobning ilohiyligini tan olmaydilar? Agar odamlar haqiqatan ilm egalari boʻlsalar, ilmiy dalilga ishonsalar, shu haqiqatni bundan ming toʻrt yuz yil ilgari aytgan Qurʼonga:

«Iymon keltirmaslarmi?»