وَجَعَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًا سُبُلًا لَّعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun tog`lar qildik va shoyadki, to`g`ri yo`l topsalar, deb unda daralar, yo`llar qildik.Биз ерда уларнинг тебранмасликлари учун тоғлар қилдик ва шоядки, тўғри йўл топсалар, деб унда даралар, йўллар қилдик.Alauddin Mansour: Biz Yer (odamlarni) tebratmasin uchun unda togʻlarni (paydo) qildik va adashmasliklari uchun unda keng dara-yoʻllar qildik.Биз Ер (одамларни) тебратмасин учун унда тоғларни (пайдо) қилдик ва адашмасликлари учун унда кенг дара-йўллар қилдик.
Bu oyatdan togʻlar yer muvozanatini saqlab turish vazifasini oʻtashini ham bilib olish mumkin. Demak, togʻlar boʻlmasa, yer tebranib, odamlarga noqulaylik tugʻdiradi. Ehtimol, baʼzi okean va dengizlardagi chuqurliklar bilan ham muvozanat saqlanayotgandir.
Shuningdek, togʻlar orasidagi daralar, yer yuzidagi yoʻllar ham Alloh tomonidan bandalarga yaratib berilgan baʼzi qulayliklar ekan.
Mana shu narsalarni Allohdan oʻzga kim ham qilib beradi? Mushriklarning soxta xudolarimi? Yoʻq! Allohdan oʻzga hech kim bu ishlarni qila olmaydi. Bular ham Allohning yagona va qudratli zot ekaniga dalildir.