QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят32

وَجَعَلْنَا ٱلسَّمَآءَ سَقْفًا مَّحْفُوظًا ۖ وَهُمْ عَنْ ءَايَـٰتِهَا مُعْرِضُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va osmonni saqlangan shift qilib qo`ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o`girguvchi bo`lmoqdalar.Ва осмонни сақланган шифт қилиб қўйдик. Улар эса, Унинг аломатларидан юз ўгиргувчи бўлмоқдалар.Alauddin Mansour: Biz osmonni qulab tushmaydigan tom qilib qoʻydik. Ular (mushriklar) esa (osmondagi oy, quyosh, yulduz kabi Allohning qudratini koʻrsatib turgan) alomatlardan yuz oʻgiruvchidirlar.Биз осмонни қулаб тушмайдиган том қилиб қўйдик. Улар (мушриклар) эса (осмондаги ой, қуёш, юлдуз каби Аллоҳнинг қудратини кўрсатиб турган) аломатлардан юз ўгирувчидирлар.

324-sahifa · 17-juz · 33-hizb324-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva qildikва қилдикٱلسَّمَآءَosmonniосмонниسَقْفًۭاshiftшифтمَّحْفُوظًۭا ۖsaqlanganсақланганوَهُمْular esaулар эсаعَنْ-dan-данءَايَـٰتِهَاuning alomatlaridanунинг аломатлариданمُعْرِضُونَyuz oʻgirguvchilardirюз ўгиргувчилардир
TafsirТафсир

Qaragan odam koʻziga osmon shift boʻlib koʻrinadi. Ammo u saqlangan shiftdir. Saqlangan boʻlganda ham, tom maʼnoda saqlangandir. U kam-koʻst, nuqsonlardan saqlangandir. U, osmon yerga toʻkilib tushishidan saqlangandir. Undagi ajib nizom buzilishdan saqlangandir. Undagi ruhoniylik va poklikka xalal yetishidan saqlangandir. Unga shaytonlar va jinlar yetishidan saqlangandir. Osmonga eʼtibor nazari bilan qaragan, uni oʻrgangan odam undan Allohning biru bor ekaniga hadsiz-hisobsiz belgi-dalillar, alomatlar topadi. Faqat mushriklar buni anglamayaptilar. xolos.

«Ular esa, Uning alomatlaridan yuz oʻgirguvchi boʻlmoqdalar.»

Ular Alloh taoloning Biru Borligiga dalolat qiluvchi alomatlardan yuz oʻgirib, iymonga kelmay yuribdilar.