QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят33

وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.У кечаю кундузни, қуёшу ойни яратган Зотдир. Ҳаммаси фалакда сузмоқдалар.Alauddin Mansour: (Alloh) kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan Zotdir. (Bularning) barchasi oʻz falak-fazosida suzurlar!(Аллоҳ) кеча ва кундузни, қуёш ва ойни яратган Зотдир. (Буларнинг) барчаси ўз фалак-фазосида сузурлар!

324-sahifa · 17-juz · 33-hizb324-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиخَلَقَyaratdiяратдиٱلَّيْلَkechaniкечаниوَٱلنَّهَارَva kunduzniва кундузниوَٱلشَّمْسَva quyoshniва қуёшниوَٱلْقَمَرَ ۖva oyniва ойниكُلٌّۭhammasiҳаммасиفِى-da-даفَلَكٍۢfalakdaфалакдаيَسْبَحُونَsuzmoqdalarсузмоқдалар
TafsirТафсир

Kecha bilan kunduzning almashuvi inson koʻzi oldida sodir boʻladi. Ular oʻz-oʻzidan almashib qolmaydi. Ular inson hayotiga taʼsirini oʻtkazib turadi. Shuningdek, quyosh bilan oy ham inson koʻziga doimo koʻrinib turadigan ikki ulkan jismdir. Ularning ham inson hayotiga taʼsirlari katta. Bularni yaratgan zot biru bor Allohdir. Undan oʻzga hech kim bularni yarata olmaydi. Yaratguvchi yolgʻizyagonadir. Sheriklari boʻlsa, irodalar toʻqnashib, orada kelishmovchilik chiqar edi. Buning ustiga:

«Hammasi falakda suzmoqdalar».

Ha, quyosh ham, oy ham, sayyoralar ham, yulduzlar ham–hamma-hammasi falakda suzmoqda. Ularning falakda suzishini tadabbur ila oʻylash ham aqli bor insonni iymonga chorlashi kerak. Shuncha ulkan va juda koʻp narsalarning falakda ajib bir nizom ila suzishi, bir-biriga toʻqnashib ketmasligi va ularning suzib yurishidagi boshqa ajoyibotlar Allohning biru bor ekaniga dalil emasmi?!

Xoʻsh, nega endi kofirlar iymon keltirmaydilar?