QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят38

وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Agar sodiq bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur», derlar.Улар: «Агар содиқ бўлсангиз, бу ваъда қачон бўлур», дерлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, dinsiz kimsalar): «Agar rostgoʻy boʻlsangiz (aytinglar-chi) mana shu vaʼda qachon boʻladi?», derlar.Улар (яъни, динсиз кимсалар): «Агар ростгўй бўлсангиз (айтинглар-чи) мана шу ваъда қачон бўлади?», дерлар.

325-sahifa · 17-juz · 33-hizb325-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُونَva derlarва дерларمَتَىٰqachonқачонهَـٰذَاbuбуٱلْوَعْدُvaʼdaваъдаإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَsodiqlarсодиқлар
TafsirТафсир

Inson tabiatiga shoshqaloqlik qoʻshib yaratilgandir. Demak, shoshqaloqlik insonning tabiatida, tarkibida bor. Ha, oʻzi asl yaratilishidayoq,

«Inson shoshqaloq oʻlaroq yaratilgandir».

U xohlagan ishi tezroq bitishini istaydi. U kutayotgan narsasi tezroq kelishini xohlaydi. Hatto, gohida, oʻz Robbilari boʻlsam ham, Meni ham shoshiltirmoqchi boʻladilar.

«Men, albatta, sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrsaturman. Bas, Meni shoshiltirmanglar.»

Men, albatta, Oʻzimning Biru Borligimga, yuborgan Paygʻambarlarimning haqligiga dalolat qiluvchi oyat-belgilarimni vaqti kelganda sizlarga koʻrsataman. Hech boʻlmasa, Meni shoshiltirmay turinglar.

Insonning shoshqaloqligining yana bir koʻrinishi shundayki, unga biror vaʼda berilsa, garchi u zararli boʻlsa ham, hatto, Alloh tomonidan keladigan azob boʻlsa ham, vaʼda qiluvchilarga qarab:

«Agar sodiq boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur», derlar».

«Bu zikr qilinayotgan narsa azob ekan, Allohdan panoh soʻraylik», deyishning oʻrniga shoshilib, bu vaʼda qachon boʻladi, deydilar.