خُلِقَ ٱلْإِنسَـٰنُ مِنْ عَجَلٍ ۚ سَأُو۟رِيكُمْ ءَايَـٰتِى فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Inson shoshqaloq o`laroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga O`z oyat-alomatlarimni ko`rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.Инсон шошқалоқ ўлароқ яратилгандир. Мен, албатта, сизларга Ўз оят-аломатларимни кўрсатурман. Бас, мени шошилтирманглар.Alauddin Mansour: (Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir. Yaqinda Men sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrgazurman (yaʼni, Menga osiy boʻlgan kimsalarni qanday azoblashimni koʻrursizlar). Bas, Meni shoshtirmangiz.(Ҳақиқатан) инсон шошқалоқ ҳолда яралгандир. Яқинда Мен сизларга Ўз оят-аломатларимни кўргазурман (яъни, Менга осий бўлган кимсаларни қандай азоблашимни кўрурсизлар). Бас, Мени шоштирмангиз.
Inson tabiatiga shoshqaloqlik qoʻshib yaratilgandir. Demak, shoshqaloqlik insonning tabiatida, tarkibida bor. Ha, oʻzi asl yaratilishidayoq,
«Inson shoshqaloq oʻlaroq yaratilgandir».
U xohlagan ishi tezroq bitishini istaydi. U kutayotgan narsasi tezroq kelishini xohlaydi. Hatto, gohida, oʻz Robbilari boʻlsam ham, Meni ham shoshiltirmoqchi boʻladilar.
«Men, albatta, sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrsaturman. Bas, Meni shoshiltirmanglar.»
Men, albatta, Oʻzimning Biru Borligimga, yuborgan Paygʻambarlarimning haqligiga dalolat qiluvchi oyat-belgilarimni vaqti kelganda sizlarga koʻrsataman. Hech boʻlmasa, Meni shoshiltirmay turinglar.
Insonning shoshqaloqligining yana bir koʻrinishi shundayki, unga biror vaʼda berilsa, garchi u zararli boʻlsa ham, hatto, Alloh tomonidan keladigan azob boʻlsa ham, vaʼda qiluvchilarga qarab:
«Agar sodiq boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur», derlar».
«Bu zikr qilinayotgan narsa azob ekan, Allohdan panoh soʻraylik», deyishning oʻrniga shoshilib, bu vaʼda qachon boʻladi, deydilar.