QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят36

وَإِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَـٰذَا ٱلَّذِى يَذْكُرُ ءَالِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ ٱلرَّحْمَـٰنِ هُمْ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar seni ko`rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o`zlari kofirdirlar.Куфр келтирганлар сени кўрганларида, масхара қилиб: «Худоларингизни зикр қилаётган шуми?!» дейишдан бошқани билмаслар. Ҳолбуки, улар Роҳманнинг зикрига ўзлари кофирдирлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qachon kofir boʻlgan kimsalar sizni koʻrsalar, faqat (bir-birlariga sizni koʻrsatishib): «Sizlarning ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?», (deyishib) masxara qiladilar, xolos. Holbuki, ularning oʻzlari Parvardigorning eslatmasi Qurʼondan yuz oʻgiruvchilardir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қачон кофир бўлган кимсалар сизни кўрсалар, фақат (бир-бирларига сизни кўрсатишиб): «Сизларнинг илоҳларингизни айблайдиган кимса мана шуми?», (дейишиб) масхара қиладилар, холос. Ҳолбуки, уларнинг ўзлари Парвардигорнинг эслатмаси Қуръондан юз ўгирувчилардир.

325-sahifa · 17-juz · 33-hizb325-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиرَءَاكَseni koʻrsalarсени кўрсаларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларإِنemasэмасيَتَّخِذُونَكَseni tutarlarсени тутарларإِلَّاfaqatфақатهُزُوًاmasxara qilibмасхара қилибأَهَـٰذَاshumiшумиٱلَّذِىshunday kimsakiшундай кимсакиيَذْكُرُzikr qilayotganзикр қилаётганءَالِهَتَكُمْxudolaringizniхудоларингизниوَهُمholbuki, ularҳолбуки, уларبِذِكْرِzikrigaзикригаٱلرَّحْمَـٰنِRohmanningРоҳманнингهُمْoʻzlariўзлариكَـٰفِرُونَkofirdirlarкофирдирлар
TafsirТафсир

Mushrik-kofirlarning qiliqlariga hayronsan, ular qachon Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni koʻrsalar, masxara qilishga oʻtadilar:

«Kufr keltirganlar seni koʻrganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar».

Bu, masxaraning oʻta qoʻpol koʻrinishi. Ular oʻzlarining soxta xudolarini fosh etgan zotning ustidan masxara qilib kulishadi. Ammo oʻzlari haqiqiy xudoga kufr keltirishadi.

«Holbuki, ular Rohmanning zikriga oʻzlari kofirdirlar.»

Bu qanday gap boʻldi? Bu ularning naqadar esipastligi va tabiatlari buzuqligini koʻrsatadi.