QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят35

كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَنَبْلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلْخَيْرِ فِتْنَةً ۖ وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.Ҳар бир жон ўлимни татиб кўргувчидир. Биз сизларни ёмонлик ва яхшилик ила имтиҳон учун синаймиз ҳамда Бизгагина қайтарилурсиз.Alauddin Mansour: Har jon oʻlimni totib koʻrguvchidir. Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash uchun) yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham «aldab» imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat Bizgagina qaytarilursizlar.Ҳар жон ўлимни тотиб кўргувчидир. Биз сизларни (сабр-тоқатларингизни синаш учун) ёмонлик билан ҳам, (шукр қилишингизни билиш учун) яхшилик билан ҳам «алдаб» имтиҳон қилурмиз. (Кейин) фақат Бизгагина қайтарилурсизлар.

324-sahifa · 17-juz · 33-hizb324-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كُلُّhar birҳар бирنَفْسٍۢjonжонذَآئِقَةُtatib koʻrguvchidirтатиб кўргувчидирٱلْمَوْتِ ۗoʻlimniўлимниوَنَبْلُوكُمva sizlarni sinaymizва сизларни синаймизبِٱلشَّرِّyomonlik ilaёмонлик илаوَٱلْخَيْرِva yaxshilik ilaва яхшилик илаفِتْنَةًۭ ۖimtihon uchunимтиҳон учунوَإِلَيْنَاva bizgaginaва бизгагинаتُرْجَعُونَqaytarilursizқайтарилурсиз
TafsirТафсир

Bu dunyoda oʻlmaydigan jon yoʻq. Shoh ham, gado ham, Paygʻambar ham, ummat ham oʻladi. Shuning uchun, har bir banda dunyoda abadiy yashaydigandek boʻlib emas, balki boshiga bir kuni oʻlim kelishini eslab yursin. Oʻlim sharobini albatta tatish borligini hisobga olib yursin. Oʻsha muqarrar oʻlim kelguncha esa:

«Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz...»

Alloh taolo bandalarini gohida yomonlik, gohida yaxshilik bilan sinaydi. Yomonlik yetganda, bandaning qiyinchilikka chidashi, oʻsha ogʻirlikka sabr etishi, Allohga boʻlgan ishonchi va Uning rahmatidan umidvorligi qanday ekanligi maʼlum boʻladi. Bu sinovlarga koʻpchilik chidaydi, undan muvaffaqiyatli oʻtish ham mumkin.

Ammo, yaxshilik bilan sinash juda qiyin sinovdir. Bu sinovdan oʻtish dushvordir. Koʻplar kambagʻallik va yoʻqchilikka chidaydi. Ammo, boylik va seroblik kelsa, oʻzidan ketadi. Qoʻliga boylik tushsa, hovliqib, harom-xarish ishlar qilishga oʻtadi. Shuningdek, zaiflik va jabr-zulmlarga chidaydiganlar koʻp. Ammo kuch-quvvat va sogʻlomlik sinovidan oʻta olmaydigan, oʻsha neʼmatlarni notoʻgʻri yoʻlda sarflaydigan odamlar undan ham koʻp. Boshqa narsalarni ham shunga qiyos qilaverishimiz mumkin. Hayot tajribasi shuni koʻrsatadi. Islomiy taʼlimotlar esa, yomonlik va yaxshilik sinovidan salomat oʻtishga targʻib qiladi. Yomonlik yetganda, sabr qilishga, yaxshilik yetganda, shukr etishga chaqiradi.

Imom Muslim rahmatullohi alayhi «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Moʻminning ishi ajibdir. Uning hamma ishida yaxshilik bor. Bu narsa moʻmindan boshqa hech kimda yoʻqdir. Agar unga yaxshilik yetsa, shukr qiladi. Bu uning uchun yaxshilik boʻladi. Agar unga yomonlik yetsa, sabr qiladi. Bu ham unga yaxshilik boʻladi», deganlar.

«...hamda Bizgagina qaytarilursiz.»

Hech kim Bizdan oʻzgaga qaytarilmaydi. Oʻshanda Biz sizlarga sinov-imtihon natijasi xabarini beramiz.

Endi gap yana sura boshidagi mavzuga, yaʼni, mushriklarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, u zotga kelayotgan vahiyga past nazar ila qarab, ularni masxara qilishlariga qaytadi: