بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةً فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! U ularga to`satdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo`lmaslar va ularga muhlat ham berilmas.Йўқ! У уларга тўсатдан келиб, ҳайрату даҳшатга солур. Бас, уни рад қилишга қодир бўлмаслар ва уларга муҳлат ҳам берилмас.Alauddin Mansour: Yoʻq, (Qiyomat) toʻsatdan kelib, ularni hayronu xasta qilib qoʻyur, bas, uni qaytarishga ham kuchlari yetmas, ularga (tavba-tazarruʼ uchun) muhlat ham berilmas.Йўқ, (Қиёмат) тўсатдан келиб, уларни ҳайрону хаста қилиб қўюр, бас, уни қайтаришга ҳам кучлари етмас, уларга (тавба-тазарруъ учун) муҳлат ҳам берилмас.
Yoʻq! Kofirlarning, qiyomat azobi boʻlmaydi, degan fikrlari notoʻgʻri.
«U ularga toʻsatdan kelib, hayratu dahshatga solur.»
Qiyomat kelmaydiganga oʻxshab turadi-da, kutilmaganda, toʻsatdan kelib qoladi. Qachon kelar ekan, deb ishonmay yurgan kofirlarni hayratu dahshatga soladi. Ana oʻsha vaqtda:
«...uni rad qilishga qodir boʻlmaslar va ularga muhlat ham berilmas».
Qanday qilib qiyomatni rad qila olsinlar?! Allohdan boshqa yordamchi yoʻq joyda kim ham ularga yordam bera olsin?!