QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят41

وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o`zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.Батаҳқиқ, сендан олдин ҳам Пайғамбарлар масхара қилинган. Бас, уларни масхара қилганларга ўзлари масхара этиб юрган нарса тушди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), aniqki, sizdan avvalgi paygʻambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning ustidan kulgan kimsalarga oʻzlari (ishonmay) masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) tushgandir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), аниқки, сиздан аввалги пайғамбарлар ҳам масхара қилинган. Бас, уларнинг устидан кулган кимсаларга ўзлари (ишонмай) масхара қилган нарсалари (Аллоҳнинг азоби) тушгандир.

325-sahifa · 17-juz · 33-hizb325-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدِva batahqiqва батаҳқиқٱسْتُهْزِئَmasxara qilinganмасхара қилинганبِرُسُلٍۢPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинفَحَاقَbas, tushdiбас, тушдиبِٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаسَخِرُوا۟masxara qilganlargaмасхара қилганларгаمِنْهُمulardanуларданمَّاnarsaнарсаكَانُوا۟boʻlgan edilarбўлган эдиларبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَmasxara qilarмасхара қилар
TafsirТафсир

Ey Muhammad, mushriklar seni masxara etganlariga xafa boʻlma. Bu eskidan boʻlib kelayotgan ishdir.

«Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilingan.»

Sendan oldingi Paygʻambarlarimni ham kofirlar «Azob haqidagi vaʼda qachon boʻladi», deb masxara qilishgan.

«Bas, ularni masxara qilganlarga oʻzlari masxara etib yurgan narsa tushdi.»

Paygʻambarlarni masxaralagan kofirlarga azob tushdi. Ular bu dunyoning oʻzidayoq azobga duchor boʻldilar. Seni masxara qilayotganlar ham, vaqt gʻanimatligida eslarini yigʻib, tavba qilmasalar, avval bu dunyoda, keyin u dunyoda azobga uchraydilar. Chunki, ularni Alloh taoloning azobidan saqlaydigan hech bir kuch yoʻq. Sen ularga: