قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحْمَـٰنِ ۗ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo`riydi?» – degin. Yo`q! Ular Robbilari zikridan yuz o`girguvchilardir!Сен: «Кечаси ва кундузи сизни Роҳмандан ким қўрийди?» – дегин. Йўқ! Улар Роббилари зикридан юз ўгиргувчилардир!Alauddin Mansour: Ayting: «Kechasi-yu kunduzi sizlarni Rahmon (azobidan) kim saqlay olur?!» Yoʻq, ular Parvardigorni eslashdan yuz oʻgirguvchilardir.Айтинг: «Кечаси-ю кундузи сизларни Раҳмон (азобидан) ким сақлай олур?!» Йўқ, улар Парвардигорни эслашдан юз ўгиргувчилардир.
Ey Muhammad! Oʻsha azob qachon keladi, deb masxara qilayotgan kofirlarga:
«Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qoʻriydi?» – degin».
Kofirlar, vaʼda qilingan azob qachon boʻladi, deb oʻzlari shoshilishadi, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ham shoshiltirishadi. Ammo azob kelib qolsa, nima boʻlishini oʻylab koʻrishmaydi. Holbuki, Allohning azobi xohlagan soniyada, kecha yoki kunduzning har bir lahzasida kelishi mumkin. Xoʻsh, kofirlar soʻrayotgan azob kelib qolsa, ularni Allohning azobidan kim qoʻriydi? Mana buni oʻylab koʻrishmaydi.
«Yoʻq!»
Kofirlar bu narsalarni oʻylab koʻrmaydilar!
«Ular Robbilari zikridan yuz oʻgirguvchilardir!»
Shuning uchun ham, hech narsani oʻylamay, bekorchi gaplarni gapiraveradilar.