QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят43

أَمْ لَهُمْ ءَالِهَةٌ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا ۚ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularning Bizdan o`zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o`zlariga ham yordam berishga qodir bo`la olmaslar va Bizdan do`stlik topmaslar.Ёки уларнинг Биздан ўзга ҳимоя қиладиган «худо»лари борми? Улар ўзларига ҳам ёрдам беришга қодир бўла олмаслар ва Биздан дўстлик топмаслар.Alauddin Mansour: Yoki ularning Bizdan oʻzga himoya qiladigan «xudolari» bormikan?! U («xudolar») oʻzlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Bizning tomonimizdan himoya ham qilinmaslar.Ёки уларнинг Биздан ўзга ҳимоя қиладиган «худолари» бормикан?! У («худолар») ўзларига ёрдам қилишга ҳам қодир эмаслар ва улар Бизнинг томонимиздан ҳимоя ҳам қилинмаслар.

325-sahifa · 17-juz · 33-hizb325-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиلَهُمْularning bormiуларнинг бормиءَالِهَةٌۭxudolariхудолариتَمْنَعُهُمularni himoya qiladiganуларни ҳимоя қиладиганمِّن-dan-данدُونِنَا ۚBizdan oʻzgaБиздан ўзгаلَاemasэмасيَسْتَطِيعُونَqodir boʻlurlarқодир бўлурларنَصْرَyordam berishgaёрдам беришгаأَنفُسِهِمْoʻzlarigaўзларигаوَلَاva emasва эмасهُمularуларمِّنَّاBizdanБизданيُصْحَبُونَdoʻstlik topurlarдўстлик топурлар
TafsirТафсир

Nima uchun kofirlar, azob qachon kelishini soʻra, deb shoshilishaveradi?

«Yoki ularning Bizdan oʻzga himoya qiladigan «xudo»lari bormi?»

Ana oʻsha «xudo»larining himoyasiga ishonib, Paygʻambarni masxara qilib: «Bu vaʼda qachon boʻladi?» deb shoshilishmoqdami? Agar shunday boʻlsa, adashadilar. Ular ishongan «xudo»lar hech narsaga arzimaydi. Mushrik-kofirlarni himoya qilish, ularga yordam berish u yoqda tursin, azob kelganda:

«Ular oʻzlariga ham yordam berishga qodir boʻla olmaslar...»

Oʻzini himoya qila olmagan, oʻzgaga qanday yordam bersin?

«...va Bizdan doʻstlik topmaslar.»

Doʻstlik topganlarida himoyamizga oʻtishlari mumkin edi. Lekin zinhor Bizdan doʻstlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar.

Kofirlar esa, buni oʻylab ham koʻrmaydilar. Aqllarini ishlatishsa, anglashlari mumkin edi. Qachon va qayerda soxta xudolari ularga homiy boʻlibdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?