QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят44

بَلْ مَتَّعْنَا هَـٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَآ ۚ أَفَهُمُ ٱلْغَـٰلِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?Балки, Биз уларни ва ота-боболарини баҳраманд қилдик, ҳатто, уларга умр узун кўринди. Улар ерга келиб, уни атрофидан қисқартираётганимизни кўрмайдиларми?! Fолиб келгувчи уларми?Alauddin Mansour: Yoʻq, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr-hayot uzun-abadiy (koʻrinib, bir kun kelib bu hayot tugashiga ishonmay qoʻydilar va Allohning azobini ham inkor qildilar). Axir ular Biz Yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (tobora koʻproq kishilar Islom kirib, kufr dunyosi qisqarib borayotganini) koʻrmaydilarmi?! Oʻshalar gʻolib boʻlurlarmi?! (Yoʻq, ular magʻlubdirlar, Allohning diniga iymon keltirgan zotlar gʻolibdirlar).Йўқ, Биз уларни (кофирларни) ва ота-боболарини (дунё матоларидан шундай) фойдалантирдикки, ҳатто уларга умр-ҳаёт узун-абадий (кўриниб, бир кун келиб бу ҳаёт тугашига ишонмай қўйдилар ва Аллоҳнинг азобини ҳам инкор қилдилар). Ахир улар Биз Ерни атрофидан камайтириб келаётганимизни (тобора кўпроқ кишилар Ислом кириб, куфр дунёси қисқариб бораётганини) кўрмайдиларми?! Ўшалар ғолиб бўлурларми?! (Йўқ, улар мағлубдирлар, Аллоҳнинг динига иймон келтирган зотлар ғолибдирлар).

325-sahifa · 17-juz · 33-hizb325-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلْbalkiбалкиمَتَّعْنَاbahramand qildikбаҳраманд қилдикهَـٰٓؤُلَآءِularniуларниوَءَابَآءَهُمْva ota-bobolariniва ота-боболариниحَتَّىٰhattoҳаттоطَالَuzun boʻldiузун бўлдиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْعُمُرُ ۗumrумрأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиيَرَوْنَkoʻradilarкўрадиларأَنَّاBizningБизнингنَأْتِىkelibкелибٱلْأَرْضَyergaергаنَنقُصُهَاuni qisqartirayotganimizniуни қисқартираётганимизниمِنْ-dan-данأَطْرَافِهَآ ۚatrofidanатрофиданأَفَهُمُbas, ularmiбас, улармиٱلْغَـٰلِبُونَgʻolib kelguvchilarғолиб келгувчилар
TafsirТафсир

Ha, kofirlarni ham, ularning ota-bobolarini ham bu dunyo nozu neʼmatlari ila bahramand qilgan zot Alloh taolodir. Ularning soxta xudolari emas. Alloh taolo ularni dunyo neʼmatlari bilan bahramand etsa ham, kufrlari sababli, bu yaxshiliklar sinov ekanini tushunmadilar, bosar-tusarlarini bilmay hovliqib ketdilar.

«Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun koʻrindi.»

Oʻzlaricha, bu dunyoda abadiy turamiz, deb oʻylashdi. Shuning uchun, oxiratga tayyorgarlik koʻrmadilar. Uzoq vaqt davom etgan bahramandlik ularning tabiatini buzib boraverdi. Ayshu ishrat, maiyshatparastlik ularning qalblarini hissiz qilib qoʻydi. Ular Allohni esdan chiqardilar.

«Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni koʻrmaydilarmi?!»

Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla maʼnosi haqida bir necha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, yerning atrofidan qisqartirilishi–kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kengayib borishi, deganlar. Mujohid va Ikrima roziyallohu anhumolar: yerning atrofidan qisqarishi–xarob boʻlishi, deyishgan. Al-Afviy Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, yerning barakasining qisqarishi, deyilgan. Ash-Shaʼbiy: agar yer qisqaradigan boʻlsa, unga sigʻmay qolar eding, lekin jonlar va meva-cheva, hosillar qisqaradi, degan. Ikrima roziyallohu anhu ham: agar yer qisqarganida, oʻtirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish oʻlimdir, deb aytgan.

Keyingi davr tafsirchilari esa: rohat-farogʻatda yashagan, yerning turli atroflarida gʻolib boʻlib, oʻzining soʻzini oʻtkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib ketib, haddilaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari–qisqartirilishlaridir, deydilar. Ushbu maʼnolar bir-birini toʻldirib keladi. Har bir tafsirchi olim oʻz zamonasidagi voqelikdan, oʻz tushunchasidan kelib chiqib maʼno aytgan boʻladi.

Xoʻsh, Alloh yerni atrofidan tinmay qisqartirib, kofir va zolimlarni nuqsonga uchratib tursa, kim gʻolib boʻldi?

«Folib kelguvchi ularmi?»

Kofirlar gʻolib keluvchi boʻldilarmi?

Kofirlarga qilinayotgan bu ogohlantirishlarni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻylab topgan emaslar. Bu haqiqatni kofirlarga yetkazib qoʻyishni U zot sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo kelgusi oyatda amr etmoqda: