قُلْ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلْوَحْىِ ۚ وَلَا يَسْمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», degin.Сен: «Мен сизларни фақат ваҳий орқалигина огоҳлантираман. Гунглар огоҳлантирилганларида даъватни эшитмаслар», дегин.Alauddin Mansour: Ayting: Men sizlarni faqat vahiy bilan qoʻrqitib-ogohlantirurman. (Lekin) gunglar (yaʼni, dinsizlar oʻzlari uchun Oxiratda azob haqidagi vahiy bilan) qoʻrqitilayotgan vaqtlarida daʼvatni eshitmaydilar.Айтинг: Мен сизларни фақат ваҳий билан қўрқитиб-огоҳлантирурман. (Лекин) гунглар (яъни, динсизлар ўзлари учун Охиратда азоб ҳақидаги ваҳий билан) қўрқитилаётган вақтларида даъватни эшитмайдилар.
Ey Paygʻambar, kofirlar turli xayollarga borib yurmasinlar. Sen ularga ogohlantirishlarning manbaini aytib qoʻy.
«Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman», degin.
Sening ogohlantirishlaring Robbul Olamiynga tegishli ekanini bilib qoʻysinlar.
«Gunglar ogohlantirilganlarida daʼvatni eshitmaslar», degin.
Kofirlarning quloqlari ochiq boʻlsa ham, oʻzlari gungdir. Boʻlmasa, Allohning ogohlantirishlarini eshitib, undan ogohlanar edilar. Mayli, hozircha ular ogoh boʻlmay yuraversinlar. Lekin tezda oʻzlarining kimligini anglab yetadilar.