QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят46

وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَـٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar bo`lgan ekanmiz», derlar.Қасамки, агар уларга Роббинг азобидан салгина етса, албатта: «Ҳолимизга вой! Ҳақиқатан, биз золимлар бўлган эканмиз», дерлар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar ularga Parvardigoringizning azobidan andak yetsa, albatta ular: «Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar (oʻz jonimizga) jabr qilguvchilar boʻldik», deb qolurlar.Қасамки, агар уларга Парвардигорингизнинг азобидан андак етса, албатта улар: «Ҳолимизга вой! Дарҳақиқат, бизлар (ўз жонимизга) жабр қилгувчилар бўлдик», деб қолурлар.

326-sahifa · 17-juz · 33-hizb326-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنqasamki, agarқасамки, агарمَّسَّتْهُمْularga yetsaуларга етсаنَفْحَةٌۭsalgina shabadaсалгина шабадаمِّنْ-dan-данعَذَابِazobidanазобиданرَبِّكَRobbingРоббингلَيَقُولُنَّalbatta derlarалбатта дерларيَـٰوَيْلَنَآholimizga voyҳолимизга войإِنَّاhaqiqatda bizҳақиқатда бизكُنَّاboʻlgan ekanmizбўлган эканмизظَـٰلِمِينَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Kofirlar hozircha oʻzlarini haq deb daʼvo qiladilar. Xatolarini, zulmlarini eʼtirof etmaydilar. Ogohlantirishlarga quloq solmaydilar. Lekin, kezi kelganda, xatolarini, oʻzlarining zolim ekanliklarini shunday eʼtirof qiladilarki, asti qoʻyaverasan. Ularga koʻp emas, Allohning salgina azobi yetsa, bas, albatta:

«Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar boʻlgan ekanmiz», deydilar.

Lekin unda vaqt oʻtgan boʻladi. Eʼtiroflari foyda bermaydi. U vaqt ishlar tamom boshqacha boʻladi.