وَنَضَعُ ٱلْمَوَٰزِينَ ٱلْقِسْطَ لِيَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْـًٔا ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَـٰسِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz.Биз қиёмат куни учун адолат тарозуларини қўюрмиз. Бирор жонга ҳеч қандай зулм қилинмас. Агар (амал) ачитқи донаси оғирлигича бўлса ҳам, келтирамиз. Ҳисобчиликда Ўзимиз кифоя қилурмиз.Alauddin Mansour: Biz Qiyomat Kuni uchun adolatli mezon-tarozilar qoʻyurmiz, bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xardal (oʻsimligining) urugʻidek (yaxshi yoki yomon amal qilingan) boʻlsa, oʻshani-da keltirurmiz! Biz Oʻzimiz yetarli hisob-kitob qilguvchidirmiz.Биз Қиёмат Куни учун адолатли мезон-тарозилар қўюрмиз, бас, бирон жонга заррача зулм қилинмас. Агар хардал (ўсимлигининг) уруғидек (яхши ёки ёмон амал қилинган) бўлса, ўшани-да келтирурмиз! Биз Ўзимиз етарли ҳисоб-китоб қилгувчидирмиз.
Qiyomat qoim boʻlgandan keyin dod-voylarga, eʼtiroflarga, tavba-tazarrularga va yolborishlarga qaralmaydi.
«Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qoʻyurmiz.»
U mutlaq adolat tarozusi boʻladi. Hammaga bir xil munosabatda boʻlinadi.
«Biror jonga hech qanday zulm qilinmas.»
Foydasidan kamaytirilmaydi, zarariga qoʻshilmaydi.
«Agar (amal) achitqi donasi ogʻirligicha boʻlsa ham, keltiramiz.»
Achitqi donasi juda kichik boʻladi. Agar insonning bu dunyoda qilgan yaxshiyu yomon amali oʻsha kichik donachalik ogʻirlikka ega boʻlsa ham, hisobga olinadi. Yaʼni, hech bir amal esdan chiqarilmaydi.
«Hisobchilikda Oʻzimiz kifoya qilurmiz.»
Bizga boshqa hisobchining keragi yoʻq.
Demak, qiyomat kuni kelmasidan oldin harakat qilib qolish kerak. Unga tayyorgarlik koʻrish lozim.
Yuqoridagi oyati karimalarda zikr etilgan narsalar, jumladan, Alloh taoloning rahmati va marhamati doimo Paygʻambarlarga va moʻmin bandalarga yetib turgani, kofirlarning azobga duchor boʻlishlari, yaxshilik va yomonlik bilan sinov-imtihonlar oʻtkazish va boshqa holatlar oʻtgan ummatlar tarixida ham takrorlanib turgan.
Kelgusi oyatlarda oʻsha maʼnolarni bayon qilish uchun hamda, boshqalarga oʻrnak va ibrat boʻlishi uchun Paygʻambarlarning qissalaridan namunalar keltiriladi.