وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ ٱلْفُرْقَانَ وَضِيَآءً وَذِكْرًا لِّلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.Батаҳқиқ, Биз Мусо ва Ҳорунга Фурқонни тақводорлар учун зиё ва эслатма қилиб бердик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga (haq bilan botilni) ajratguvchi, ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma boʻlgan (Tavrotni) ato etdik.Дарҳақиқат, Биз Мусо ва Ҳорунга (ҳақ билан ботилни) ажратгувчи, зиё ва тақводор кишилар учун эслатма бўлган (Тавротни) ато этдик.
«Furqon» Muso va Horun alayhissalomlarga Alloh tomonidan berilgan ilohiy kitob–Tavrotning sifatidir. «Furqon» soʻzi farqlovchi–ajratuvchi degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni, u haq bilan botilning orasini ajratadi.
Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horun alayhissalomlarga berganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham
«taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand boʻlish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor boʻlish kerak. Betavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand boʻla olmaydilar.
Furqondan ziyo va eslatma oladigan taqvodorlarning sifatlari kelgusi oyatda zikr etiladi: