QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят49

ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَهُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشْفِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Robbilaridan g`oyibona qo`rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.Улар Роббиларидан ғойибона қўрқурлар ва улар (қиёмат) соатидан титрарлар.Alauddin Mansour: Ular Parvardigorlaridan koʻrmay turib, qoʻrqurlar. Ular (Qiyomat qoyim boʻladigan) soatdan xavfda turguvchilardir.Улар Парвардигорларидан кўрмай туриб, қўрқурлар. Улар (Қиёмат қойим бўладиган) соатдан хавфда тургувчилардир.

326-sahifa · 17-juz · 33-hizb326-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиيَخْشَوْنَqoʻrqurlarқўрқурларرَبَّهُمRobbilaridanРоббилариданبِٱلْغَيْبِgʻoyibonaғойибонаوَهُمva ularва уларمِّنَ-dan-данٱلسَّاعَةِ(qiyomat) soatidan(қиёмат) соатиданمُشْفِقُونَtitraguvchilardirтитрагувчилардир
TafsirТафсир

Oʻsha taqvodorlar Alloh taolodan Uni koʻrmasdan turib, gʻoyibona qoʻrqadilar. Ular qiyomatdan xavfsirab titraydilar. Shuning uchun, Alloh rozi boʻladigan amallar qilishga urinadilar. Shu bois, doimo qiyomat tayyorgarligini koʻradilar.