وَهَـٰذَا ذِكْرٌ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَـٰهُ ۚ أَفَأَنتُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo`lasizlarmi?!Бу Биз нозил қилган муборак эслатмадир. Сизлар уни инкор қилгувчи бўласизларми?!Alauddin Mansour: Bu (Qurʼon) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qilguvchimisizlar?!Бу (Қуръон) Биз нозил қилган муборак эслатмадир. Ҳали сизлар уни инкор қилгувчимисизлар?!
Ey kofirlar! Muso va Horunga kitob nozil qilganimizdek, Muhammadga ham Qurʼonni tushirdik. «Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir.» Muso va Horunga tushirgan Tavrot kitobimiz eslatma boʻlganidek, Muhammadga nozil qilgan Qurʼonimiz ham eslatmadir. «Sizlar uni inkor qilguvchi boʻlasizlarmi?!» Nima uchun uni inkor qilasizlar? Nima uchun Tavrotni inkor etmaysizlar-u, Qurʼonni inkor qilasizlar?