۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَآ إِبْرَٰهِيمَ رُشْدَهُۥ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِۦ عَـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.Батаҳқиқ, илгари Биз Иброҳимга рушди ҳидоятни берган эдик. Биз унинг (ҳолини) билгувчи эдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga Haq yoʻlini ato etdik. Biz uning (Haq yoʻlga loyiq ekanini) bilgan edik.Дарҳақиқат, Биз (Мусодан) илгари Иброҳимга Ҳақ йўлини ато этдик. Биз унинг (Ҳақ йўлга лойиқ эканини) билган эдик.
Yaʼni, Muso va Horundan ilgari: «...Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik». Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat berilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bexosdan berganimiz yoʻq. «Biz uning (holini) bilguvchi edik.» Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, Paygʻambar boʻlishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.