QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят56

قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلَّذِى فَطَرَهُنَّ وَأَنَا۠ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّـٰهِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.У: «Йўқ! Роббингиз осмонлару ернинг Роббидир. У зот уларни яратгандир. Мен бунга гувоҳлик бергувчиларданман.Alauddin Mansour: U dedi: «Yoʻq! Sizlarning Parvardigoringiz (mana bu hech kimga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoridirki, U zot ularni Oʻzi yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardandirman.У деди: «Йўқ! Сизларнинг Парвардигорингиз (мана бу ҳеч кимга фойда ҳам, зиён ҳам етказа олмайдиган бутлар эмас, балки) осмонлар ва Ернинг Парвардигоридирки, У зот уларни Ўзи яратгандир. Мен бунга гувоҳлик бергувчилардандирман.

326-sahifa · 17-juz · 33-hizb326-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиبَلyoʻqйўқرَّبُّكُمْRobbingizРоббингизرَبُّRobbiРоббиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиفَطَرَهُنَّularni yaratgandirуларни яратгандирوَأَنَا۠va menва менعَلَىٰ-ga-гаذَٰلِكُمbungaбунгаمِّنَ-danman-данманٱلشَّـٰهِدِينَguvohlik berguvchilarгувоҳлик бергувчилар
TafsirТафсир

Yaʼni, sizga oʻxshab ikkilanib oʻtirishga oʻrin yoʻq! Siz Uning haqida ikkilanib turgan «Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir». Oʻsha zot sizning Robbingiz, yaratuvchingiz, rizq beruvchingiz va tarbiyachingiz boʻlgani kabi, hamma osmonlaru yerning va ulardagi narsalarning ham Robbidir. «U zot ularni yaratgandir.» Ularning hammasini oʻsha Robb sifatiga ega zot–Alloh yaratgandir, yoʻqdan bor qilgandir. «Men bunga guvohlik berguvchilardanman.» Ana oʻsha gaplarning haqligiga guvohlik beruvchilardanman. Chunki, Ibrohim alayhissalom bu gaplarni asosiy masdardan Paygʻambar sifatlari ila qabul qilib olganlar. Shuning uchun ham, toʻla ishonch ila guvohlik berishga haqlari bor. Soʻngra, Ibrohim alayhissalom ularga va ularning butlariga qarshi ayovsiz kurash olib borishlarini ochiq aytdilar: