QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят1

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Robbingizdan qo`rqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.Эй одамлар! Роббингиздан қўрқинг! Албатта, соат (қиёмат) зилзиласи улкан нарсадир.Alauddin Mansour: Ey insonlar, Parvardigoringizdan qoʻrqingiz! Zero, (Qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulugʻ-dahshatli narsadir.Эй инсонлар, Парвардигорингиздан қўрқингиз! Зеро, (Қиёмат) соати (олдидаги) зилзила улуғ-даҳшатли нарсадир.

332-sahifa · 17-juz · 34-hizb332-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларٱتَّقُوا۟qoʻrqingқўрқингرَبَّكُمْ ۚRobbingizdanРоббингизданإِنَّalbattaалбаттаزَلْزَلَةَzilzilasiзилзиласиٱلسَّاعَةِ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиشَىْءٌnarsadirнарсадирعَظِيمٌۭulkanулкан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi xitob barcha odamlarga qaratilgandir. Oyatda hamma odamlarni Alloh taolodan qoʻrqishga, taqvo qilishga chaqiriq aksini topgandir. Agar Allohdan qoʻrqmaydiganlar boʻlsalar, bilib qoʻysinlar:

«Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir».

Yaʼni, qiyomat boshlanganidan darak beruvchi zilzila juda dahshatli, xavfli hodisadir. Ana oʻshanda iymonsizlar, Allohga taqvo qilmaganlar nima boʻlishini koʻradilar.