QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят2

يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَـٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَـٰرَىٰ وَلَـٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.Уни кўрадиган кунингизда, ҳар бир эмизувчи ўзи эмизаётган нарсасини унутар. Ҳар бир ҳомиладор ҳомиласини ташлар. Одамларни маст ҳолда кўрарсан. Ҳолбуки, улар маст эмас. Лекин Аллоҳнинг азоби шиддатлидир.Alauddin Mansour: Uni koʻrar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) oʻz homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda koʻrursiz, holbuki, ular oʻzlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir.Уни кўрар кунингизда эмизаётган (оналар) эмизиб турган (боласини) унутар ва барча ҳомиладор (аёллар) ўз ҳомиласини ташлаб юборар, одамларни маст-аласт ҳолда кўрурсиз, ҳолбуки, улар ўзлари маст эмаслар, лекин Аллоҳнинг азоби қаттиқдир.

332-sahifa · 17-juz · 34-hizb332-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаتَرَوْنَهَاuni koʻrasizlarуни кўрасизларتَذْهَلُunutarунутарكُلُّhar birҳар бирمُرْضِعَةٍemizuvchiэмизувчиعَمَّآnarsasidanнарсасиданأَرْضَعَتْoʻzi emizayotganўзи эмизаётганوَتَضَعُva tashlarва ташларكُلُّhar birҳар бирذَاتِegasiэгасиحَمْلٍhomila (homilador)ҳомила (ҳомиладор)حَمْلَهَاhomilasiniҳомиласиниوَتَرَىva koʻrasanва кўрасанٱلنَّاسَodamlarniодамларниسُكَـٰرَىٰmast holdaмаст ҳолдаوَمَاholbuki emasҳолбуки эмасهُمularуларبِسُكَـٰرَىٰmastмастوَلَـٰكِنَّlekinлекинعَذَابَazobiазобиٱللَّهِAllohningАллоҳнингشَدِيدٌۭshiddatlidirшиддатлидир
TafsirТафсир

Yaʼni, Qiyomat zilzilasi roʻy bergan kunda:

«Har bir emizuvchi oʻzi emizayotgan narsasini unutar».

Maʼlumki, ona oʻzi emizayotgan bolasiga juda bogʻliq boʻladi. Uxlab qolgan onani momaqaldiroq uygʻota olmasligi mumkin, lekin bolasining ingrashi darhol uygʻotadi. Emizuvchi ona hamma narsani unutsa, unutadi, ammo bolasini unutmaydi. Lekin qiyomat zilzilasi shu qadar dahshatliki, hatto emizuvchi ayol ham bolasini unutadi. Bitta-ikkitasi emas, hammasi, har bir emizikli ayol emizadigan bolasini unutib qoʻyadi.

«Har bir homilador homilasini tashlar.»

Bu ham oʻsha zilzilaning dahshatidan roʻy beradi. Homilador homilasini tashlab qoʻyishi uchun nihoyatda qattiq qoʻrqishi kerak. Oʻshandoq qoʻrquv qiyomat zilzilasidan boʻladi. Oʻsha vaqtda:

«Odamlarni mast holda koʻrarsan. Holbuki, ular mast emas.»

Bu holat ham oʻsha zilzilaning gʻoyatda dahshatli ekaniga dalolat qiladi. Qattiq qoʻrqqan odamlar hech narsa ichmasdan turib ham, es-hushlarini yoʻqotib, xuddi mast odamlarga oʻxshab qolishadi. Chunki:

«Allohning azobi shiddatlidir».