وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَـٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَـٰنٍ مَّرِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.Одамлардан Аллоҳ ҳақида билмасдан тортишганлари ва бебош шайтонга эргашганлари ҳам бор.Alauddin Mansour: Odamlar orasida oʻzi bilmagan holida Alloh xususida mujodala qiladigan va har bir itoatsiz shaytonga ergashib ketaveradigan kimsalar ham bordir.Одамлар орасида ўзи билмаган ҳолида Аллоҳ хусусида мужодала қиладиган ва ҳар бир итоатсиз шайтонга эргашиб кетаверадиган кимсалар ҳам бордир.
Shunday dahshatlarning xabari kelib turib ham, Alloh taolo haqida tortishish eng katta gumrohlik. Uning borligi, birligi, qudrati yoki sifatlari haqida tortishish eng katta johillik. Buning ustiga, «bilmasdan» tortishish johillik ustiga johillikdir. Bunday tortishuvga jurʼat qilgan odam bebosh shaytonga ergashgan boʻladi. Shaytonga ergashganlarning oqibati esa, maʼlum.