QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят23

إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.Албатта, иймон келтириб, яхши амалларни қилганларни Аллоҳ остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритур. Улар у ерда олтин билакузуклар ва инжулар ила безанурлар. У ердаги либослари эса, ипакдандир.Alauddin Mansour: Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltindan boʻlgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak boʻlur;Албатта Аллоҳ иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга дохил қилур. Улар у жойда олтиндан бўлган билакузуклар ва марварид-маржонлар билан безанурлар, либослари эса ҳарир-ипак бўлур;

334-sahifa · 17-juz · 34-hizb334-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُدْخِلُkiriturкиритурٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларيُحَلَّوْنَbezanurlarбезанурларفِيهَاu yerdaу ердаمِنْbilanбиланأَسَاوِرَbilakuzuklarбилакузукларمِن-dan-данذَهَبٍۢoltinолтинوَلُؤْلُؤًۭا ۖva injularва инжуларوَلِبَاسُهُمْva liboslariва либослариفِيهَاu yerdaу ердаحَرِيرٌۭipakdirипакдир
TafsirТафсир

Boshqa oyati karimalarda aytilgani kabi, bu oyatda ham jannatga kirish uchun iymon bilan birga yaxshi amallar ham zarur ekanligi taʼkidlanmoqda. Iymon va yaxshi amallar sohibi jannatiy boʻlishi aytilmoqda.

Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qurʼoni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Inson har qancha qobiliyatli boʻlsa ham, bu darajada atroflicha vasf qila olmaydi. Bundan oldingi oyatda doʻzax ahlining holati tasvir etilgan edi. Endi esa, bevosita jannat ahlining holi vasf qilinmoqda. Bir-biriga tamoman qarama-qarshi ikki holat. Jahannam oʻt-olov va oʻta qaynoq suvdan, jannat esa ostidan suvlar oqib turgan bogʻlardan iborat. Jahannamda olovning azobiga qoʻshimcha qilib, oʻta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bogʻlar ostidan muzdek, zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Doʻzaxiylarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatiylarga ipakdan koʻylak kiydiriladi. Doʻzaxiylar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatiylarga oltin va injulardan bezak taqilgan. Jahannam ahliga qoʻpol soʻzlar aytilgan boʻlsa, jannat ahliga muloyim soʻzlar aytiladi.