QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят25

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ٱلَّذِى جَعَلْنَـٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلْعَـٰكِفُ فِيهِ وَٱلْبَادِ ۚ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍۭ بِظُلْمٍ نُّذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.Куфр келтирганлар ва Аллоҳнинг йўлидан ҳамда ерли ва четдан келган одамлар учун баробар қилиб қўйганимиз Масжидул Ҳаромдан тўсганларга ва у ерда ким зулм ила янглиш йўлга бурилишни ирода қилса, унга аламли азобни тоттирурмиз.Alauddin Mansour: Albatta oʻzlari kofir boʻlgan va (oʻzgalarni) Alloh yoʻlidan toʻsadigan, hamda Biz (Makkada) turguvchilar uchun ham, (boshqa yurtlardan) kelguvchilar uchun ham barobar qilib qoʻygan, Masjidul-Haromdan (toʻsadigan) kimsalar va kimki u joyda zulm-zoʻravonlik bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlsa (bularning har biriga) alamli azobdan totdirib qoʻyurmiz.Албатта ўзлари кофир бўлган ва (ўзгаларни) Аллоҳ йўлидан тўсадиган, ҳамда Биз (Маккада) тургувчилар учун ҳам, (бошқа юртлардан) келгувчилар учун ҳам баробар қилиб қўйган, Масжидул-Ҳаромдан (тўсадиган) кимсалар ва кимки у жойда зулм-зўравонлик билан йўлдан чиқмоқчи бўлса (буларнинг ҳар бирига) аламли азобдан тотдириб қўюрмиз.

335-sahifa · 17-juz · 34-hizb335-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганوَيَصُدُّونَva toʻsadilarва тўсадиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٱلْمَسْجِدِva Masjiddanва МасжидданٱلْحَرَامِHaromҲаромٱلَّذِىshundaykiшундайкиجَعَلْنَـٰهُBiz qilib qoʻyganimizБиз қилиб қўйганимизلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунسَوَآءًbarobarбаробарٱلْعَـٰكِفُyerli (muqim)ерли (муқим)فِيهِu yerdaу ердаوَٱلْبَادِ ۚva chetdan kelganва четдан келганوَمَنva kimва кимيُرِدْiroda qilsaирода қилсаفِيهِu yerdaу ердаبِإِلْحَادٍۭyanglish yoʻlga burilishniянглиш йўлга бурилишниبِظُلْمٍۢzulm ilaзулм илаنُّذِقْهُunga tottiramizунга тоттирамизمِنْ-dan-данعَذَابٍazobазобأَلِيمٍۢalamliаламли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan paytda Quraysh mushriklari xuddi shu ishni qilar edilar. Ular Muhammmad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmay, kofir hollarida yurar edilar. Bu ham yetmaganidek, oʻzgalarni Allohning yoʻlidan toʻsar, Islom diniga kirishlariga toʻsqinlik qilardilar. Musulmonlarga Masjidul Haromga kirishga, u yerda ibodat qilishga yoʻl bermasdilar. Holbuki, Baytullohning egasi Alloh taoloning Oʻzi u yerni hamma odamlar uchun — yerli aholi uchun ham, musofirlar uchun ham birdek ibodat joyi qilib qoʻygan edi. Shu boisdan, Masjidul Haromda hamma barobar ibodat qilish huquqiga ega edi. Ammo Quraysh kofirlari oʻzlaricha Masjidul Haromga ega chiqib olib, unga musulmonlarni kiritmasdan, yoʻllarini toʻsmoqdalar. Shuning uchun, ular Allohning alamli azobi bilan azoblanishga loyiqdirlar.

Masjidul Harom Allohning uyi, u yerda hech qanday yomon ishga ruxsat yoʻq.

«...u yerda kim zulm ila yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.»

Yaʼni, Masjidul Haromda kim nohaqlik bilan toʻgʻri yoʻldan chiqib, yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, alamli azobga duchor boʻladi.

Ushbu oyatda «yanglish yoʻlga burilish» deb tarjima qilingan maʼno oyatda «ilhod» lafzi bilan ifodalangan. «Ilhod» soʻzidan xudosizlik, dindan chiqish, yoʻldan ozish maʼnolari tushuniladi. Islom dini man etgan amallarni qilish hamma joyda ham gunohdir. Ammo Masjidul Harom hududida Islom man etgan ishlarni qilish juda katta gunoh– ilhod hisoblanadi. Bu maʼno hazrati Umari Odil roziyallohu anhuning quyidagi gaplarida ham aksini topgan. U kishi: «Makkada taomni ehtikor qilmanglar (ehtikor–bahosini orttirish uchun toʻplab olish). Makkada taomni ehtikor qilish ilhoddir», degan ekanlar.

Quraysh kofirlarining Masjidul Haromga ega chiqishga haqlari yoʻqligini bayon etish uchun Baytullohning tarixini yorituvchi oyatlar keltirilmoqda: