QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят27

وَأَذِّن فِى ٱلنَّاسِ بِٱلْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًا وَعَلَىٰ كُلِّ ضَامِرٍ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo`llardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.Одамларни ҳажга чақир, улар сен томон пиёда, узоқ-узоқ йўллардан юриб, озиган уловлар устида келсинлар.Alauddin Mansour: Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (yaʼni, sening daʼvatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yoʻllardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar.Ва одамлар орасида (юриб уларни) ҳажга чақиргин, улар сенга (яъни, сенинг даъватингга жавобан) яёв ҳолларида ва йироқ йўллардан келадиган ориқ-ҳолдан тойган туялар устида келурлар.

335-sahifa · 17-juz · 34-hizb335-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَذِّنva chaqirва чақирفِى-ga-гаٱلنَّاسِodamlarодамларبِٱلْحَجِّhajgaҳажгаيَأْتُوكَsen tomon kelsinlarсен томон келсинларرِجَالًۭاpiyodaпиёдаوَعَلَىٰva ustidaва устидаكُلِّharҳарضَامِرٍۢozigan ulovозиган уловيَأْتِينَular kelurlarулар келурларمِن-dan-данكُلِّharҳарفَجٍّyoʻlйўлعَمِيقٍۢuzoqузоқ
TafsirТафсир

Demak, Quraysh kofirlarining Masjidul Haromga ega chiqib, musulmonlarni u yerga kirishdan man qilishga hech qanday haqlari yoʻq.

Avvalo, Baytullohni ular qurmagan.

«Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib...»

Hatto, Kaʼbai Muazzamani qayerga qurishni ham Alloh taoloning Oʻzi belgilab bergan. Belgilab berganda ham, Oʻzining Paygʻambari Ibrohim alayhissalomga belgilab bergan. Quraysh kofirlariga emas. Ibrohim alayhissalom oʻgʻillari Ismoil alayhissalom bilan Alloh taoloning amriga muvofiq koʻrsatilgan joyga Baytullohni qurib bitirganlaridan soʻng, Allohdan quyidagi farmon keldi:

«Menga hech narsani sherik qilma...»

Yaʼni, menga dunyodagi hech bir narsani sherik keltirma. Baytning egasiga shirk keltirish mumkin emas. Uning sherigi yoʻq. Ammo Quraysh qabilasi kofirlari Baytning atrofida, unga qoʻshni boʻlib yashab turib, son-sanoqsiz butlarni Baytullohning egasiga «sherik xudolar» bilib, ularga ibodat qilmoqdalar. Hatto, Baytullohning ichiga ham uch yuz oltmish butni kiritib qoʻyib, yana qanday qilib, Masjidul Haromga ega chiqadilar?! Musulmonlarning unga kirish yoʻllarini toʻsadilar?!

«...Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda rukuʼ, sujud qilguvchilar uchun poklagin.»

Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar.

«Odamlarni hajga chaqir...»

Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir.

Demak, haj faqat Quraysh kofirlari uchun emas. Hamma odamlar uchundir.

«...ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yoʻllardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.»

Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib boʻlsa ham, kelsinlar. Yoʻl uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar.

Baytullohning egasi uning quruvchisiga shunday deb turganidan keyin, Quraysh kofirlarining musulmonlarni undan toʻsishga hech haqlari yoʻq.

«Va oʻzlariga boʻladigan manfaatlarga shohid boʻlsinlar.»

Baytullohni haj qilishda har bir hoji uchun koʻplab dunyo va oxirat manfaatlari bor. Hajda ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlar koʻp. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda boʻladi, qolaversa, bir-birlari bilan tanishadilar, oʻzaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Ularning bu manfaatlardan bahramand boʻlishga haqlari borligini Allohning Oʻzi eʼlon qilib qoʻygan. Endi qanday qilib Quraysh kofirlari musulmonlarni Masjidul Haromdan, mazkur manfaatlardan toʻsadilar?!

«Maʼlum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (soʻyishda) Allohning ismini zikr qilsinlar.»

Haj pallasi Allohni zikr qilish avjiga chiqadigan mavsum. Bu mavsumning avji esa, iyd kunlari boʻlib, unda zikr qurbonlik soʻyish jarayonida yana avjlanadi. Har bir hoji Alloh yoʻlida barcha narsani qurbon qilish ramzi sifatida, Allohning nomini zikr etib turib, tuya, mol, qoʻy kabi chorva hayvonlarini qurbonlik qiladi.

«Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.»

Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan oʻzi yesa ham boʻladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham boʻladi.

Masjidul Haromning egasi Alloh taoloning bu amriga qarshi musulmonlarni oʻsha manfaatlardan, qurbonlik qilishdan, Allohning nomini zikr etishdan toʻsishga Quraysh kofirlarining nima haqqi bor?

«Soʻngra oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar...»

Qurbonlik qilib boʻlganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat boʻladi. Shunda uning uchun ehrom vaqtida mumkin boʻlmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qoʻltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda

«...oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu.

«...va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar.»

«Qadimgi uy»dan murod Kaʼbatulloh. Bu tavofni «farz tavof», «ifoza tavofi» deyiladi. Bu tavofsiz haj haj boʻlmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.

Ushbu ibodatlardan musulmonlarni toʻsishga hech kimning haqqi yoʻq. Kim ularni toʻssa, katta gunoh qilgan, zulm ila ilhodga yurgan boʻladi.

Masjidul Haromning tarixi va unda qilinadigan amallar ana shulardan iborat. Alloh taolo u yerning hurmatini saqlashga chaqirgan. U yerda maʼlum ishlarni harom qilgan. Bunga hamma amal qilishi kerak.