QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят30

ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَـٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ ٱلْأَنْعَـٰمُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلرِّجْسَ مِنَ ٱلْأَوْثَـٰنِ وَٱجْتَنِبُوا۟ قَوْلَ ٱلزُّورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling.Ана шундай. Ким Аллоҳ ҳаром қилган нарсаларга риоя қилса, бас, бу Робби ҳузурида унинг ўзи учун яхшидир. Ва сизларга (келажакда) тиловат қилинадиганлардан бошқа чорва ҳайвонлари ҳалол қилинди. Бас, бутлардан иборат нажосатдан йироқ бўлинг ва ёлғон сўздан йироқ бўлинг.Alauddin Mansour: (Ish) shudir. Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori nazdida oʻzi uchun yaxshidir. Sizlar uchun (harom ekanligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa (barcha) chorva mollari halol qilinadi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boʻlingiz va yolgʻon soʻzdan yiroq boʻlingiz!(Иш) шудир. Ким Аллоҳ ҳаром қилган нарсаларни ҳурмат (риоя) қилса, бас, бу Парвардигори наздида ўзи учун яхшидир. Сизлар учун (ҳаром эканлиги) тиловат қилинадиган нарсалардан бошқа (барча) чорва моллари ҳалол қилинади. Бас, бутлардан иборат нажосатдан йироқ бўлингиз ва ёлғон сўздан йироқ бўлингиз!

335-sahifa · 17-juz · 34-hizb335-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَana shundayана шундайوَمَنva kimва кимيُعَظِّمْrioya qilsa (ulugʻlasa)риоя қилса (улуғласа)حُرُمَـٰتِharom qilgan narsalarigaҳаром қилган нарсаларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَهُوَbas, buбас, буخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّهُۥuning oʻzi uchunунинг ўзи учунعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّهِۦ ۗRobbiРоббиوَأُحِلَّتْva halol qilindiва ҳалол қилиндиلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْأَنْعَـٰمُchorva hayvonlariчорва ҳайвонлариإِلَّاboshqaбошқаمَاnarsalardanнарсаларданيُتْلَىٰtilovat qilinadiganтиловат қилинадиганعَلَيْكُمْ ۖsizlargaсизларгаفَٱجْتَنِبُوا۟bas, yiroq boʻlingбас, йироқ бўлингٱلرِّجْسَnajosatdanнажосатданمِنَ-dan iborat-дан иборатٱلْأَوْثَـٰنِbutlarбутларوَٱجْتَنِبُوا۟va yiroq boʻlingва йироқ бўлингقَوْلَsoʻzdanсўзданٱلزُّورِyolgʻonёлғон
TafsirТафсир

Alloh taoloning halol-harom degan yoʻrigʻiga rioya etish har bir insonning burchidir.

«Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning oʻzi uchun yaxshidir.»

Kim Alloh harom qilgan ishlarga rioya qilsa, uning oʻziga yaxshi boʻladi. Alloh harom degan shunday ishlarning eng muhimi Masjidul Haromni hurmat qilib, uni haj, ziyorat etishni xohlaganlarning yoʻlini toʻsmaslikdir. Bu muqaddas joyni Alloh taolo omonlik, tinchlik, osoyishtalik maskani etib qoʻygan, ana oʻshaning rioyasini qilish kerak. U yerda dushmanlik, tajovuzkorlik va yoʻltoʻsarlik harom qilingan. Bularni Alloh harom qilgan. Odamlar oʻzlaricha harom qilib olgan ishlarning rioyasini qilishga hech kim majbur emas. Jumladan, mushriklar oʻzlariga minishni va yeyishni harom deb eʼlon qilgan hayvonlarni minmay, yemay yurish hech kimdan talab etilmaydi. Bu borada hozircha shuni bilib qoʻyish kifoya:

«Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi.»

Alloh harom qilgan hayvonlar keyingi oyatlarda bayon etilgan. Ularni oʻz oʻrnida oʻrganamiz. Demak, biror narsani harom qilish faqat Allohning ishi. Faqat Alloh harom qilgan narsalarninggina rioyasini qilish kerak.

Umuman, harom, nopok va najas narsalardan chetda boʻlish lozim. Shuning uchun ham, oyat soʻngida quyidagi amr keladi:

«Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boʻling...»

Butlar maʼnaviy najosatdir. Ularga kim yaqinlashsa, najosatga yaqinlashgan boʻladi.

«...va yolgʻon soʻzdan yiroq boʻling.»

Shirk keltirish eng katta yolgʻondir. Shu bilan birga, yolgʻon soʻz ham shirkka tenglashtirilmoqda.

Imom Ahmad ibn Hanbal Fotik al-Asadiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda aytilishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni bomdod namozini oʻqib boʻlib, oʻrinlaridan turdilar va: «Yolgʻon shahodat Allohga shirk keltirishga tenglashtiriladi», dedilar-da, shu oyatni tilovat qildilar.