QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят31

حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِۦ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخْطَفُهُ ٱلطَّيْرُ أَوْ تَهْوِى بِهِ ٱلرِّيحُ فِى مَكَانٍ سَحِيقٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga bo`lgan iymondan og`mang, unga shirk keltirguvchi bo`lmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go`yoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.Аллоҳга бўлган иймондан оғманг, унга ширк келтиргувчи бўлманг. Ким Аллоҳга ширк келтирса, бас, у гўёки осмондан қулаб тушган-у, уни йиртқич қуш олиб қочган ёки уни шамол узоқ ерга учириб кетган кабидир.Alauddin Mansour: Alloh uchun haqiqiy (yoʻldan ogʻmagan musulmon) boʻlgan va U zotga shirk keltirguvchi boʻlmagan holingizda. Kim Allohga shirk keltirsa bas, u osmondan qulaganu, uni (biron vahshiy) qush (oʻlja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir.Аллоҳ учун ҳақиқий (йўлдан оғмаган мусулмон) бўлган ва У зотга ширк келтиргувчи бўлмаган ҳолингизда. Ким Аллоҳга ширк келтирса бас, у осмондан қулагану, уни (бирон ваҳший) қуш (ўлжа қилиб) олиб кетган ёки (қаттиқ) шамол йироқ жойларга учириб кетган кабидир.

336-sahifa · 17-juz · 34-hizb336-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
حُنَفَآءَogʻishmagan holdaоғишмаган ҳолдаلِلَّهِAllohgaАллоҳгаغَيْرَemasэмасمُشْرِكِينَshirk keltirguvchiширк келтиргувчиبِهِۦ ۚUngaУнгаوَمَنva kimва кимيُشْرِكْshirk keltirsaширк келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаفَكَأَنَّمَاbas, goʻyokiбас, гўёкиخَرَّqulab tushganқулаб тушганمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонفَتَخْطَفُهُva uni olib qochganва уни олиб қочганٱلطَّيْرُyirtqich qushйиртқич қушأَوْyokiёкиتَهْوِىuchirib ketganучириб кетганبِهِuniуниٱلرِّيحُshamolшамолفِى-ga-гаمَكَانٍۢyer (joy)ер (жой)سَحِيقٍۢuzoqузоқ
TafsirТафсир

Inson iymonga erishganda, yuqori martabalarga erishgan boʻladi. Ammo kimki oʻsha yuksak martabani xohlamay, Allohga shirk keltirsa, xuddi osmondan qulab tushgan kabi boʻladi. Osmondan qulab tushishning oʻzigina emas, balki undan ham yomon boʻladi. Yerga tushar-tushmas, uni yirtqich qush changaliga olib, odam koʻrmaydigan chet joyga olib qochadi. Yoki qattiq shamol uni eng xilvat joylarga uchirib ketadi. Mushrikning misoli shu.