QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят32

ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَـٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى ٱلْقُلُوبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug`lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.Иш бундоқ. Ким Аллоҳнинг нишонларини улуғласа, бас, албатта, бу, қалбларнинг тақвосидандир.Alauddin Mansour: (Ish) shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli boʻlur.(Иш) шудир. Ким Аллоҳ қонунларини ҳурмат қилса, бас, албатта (бу ҳурмат) дилларнинг тақводорлиги сабабли бўлур.

336-sahifa · 17-juz · 34-hizb336-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَish bundoqиш бундоқوَمَنva kimва кимيُعَظِّمْulugʻlasaулуғласаشَعَـٰٓئِرَnishonlariniнишонлариниٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَإِنَّهَاbas, albatta, buбас, албатта, буمِن-dandir-дандирتَقْوَىtaqvosiтақвосиٱلْقُلُوبِqalblarningқалбларнинг
TafsirТафсир

Biz ushbu oyat maʼnosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qurʼoni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «shaʼiyra» soʻzining jami–koʻpligi boʻlib, nishon, belgi, alomat maʼnolarini bildiradi. Bu soʻz Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh–Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning koʻzga koʻringan, shon-shavkati alomati boʻlgan ibodatlar koʻzda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa, nishonlardan qurbonlikka soʻyiladigan katta hayvonlar koʻzda tutilmoqda.

Demak, hajda soʻyishga atalgan hayvonlarni ulugʻlash, avaylash, eʼzozlash qalb taqvosidan ekan. Chunki, haj ibodatidan koʻzlangan asosiy maqsad ham taqvodir.