لَكُمْ فِيهَا مَنَـٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga u(nishon)larda ma'lum vaqtgacha manfaatlar bordir. So`ngra ularni (so`yish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.Сизга у(нишон)ларда маълум вақтгача манфаатлар бордир. Сўнгра уларни (сўйиш) ҳалол макони «қадимги уй» (атрофи)дадир.Alauddin Mansour: Sizlar uchun ularda (yaʼni, Baytullohda qurbon qilish uchun olib ketayotgan qoʻy, mol, tuyalaringizda) maʼlum muddatgacha foyda-manfaatlar bordir (yaʼni, yoʻlda ularni qoʻzilatib, sogʻib, minib foydalanib ketishlaringiz joizdir). Soʻngra Eski Uyga (yetgach) ularni soʻyish (vojibdir).Сизлар учун уларда (яъни, Байтуллоҳда қурбон қилиш учун олиб кетаётган қўй, мол, туяларингизда) маълум муддатгача фойда-манфаатлар бордир (яъни, йўлда уларни қўзилатиб, соғиб, миниб фойдаланиб кетишларингиз жоиздир). Сўнгра Эски Уйга (етгач) уларни сўйиш (вожибдир).
Yaʼni, oʻsha, qurbonlik uchun atab, olib chiqqan hayvonlaringizdan maʼlum muddat manfaatlanib tursangiz, boʻladi. Minish mumkin boʻlganini minib, sogʻish mumkin boʻlganini sogʻib ichish, shuningdek, yuk ortish va boshqa maqsadlarda foydalansa, boʻlaveradi.
Soʻngra, vaqti kelganida, «qadimgi uy»–Baytulloh atrofida, xususan, Minoda qurbonlik uchun soʻyasiz. Ana shunday qurbonliklar barcha ummatlarda qilingan.