QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلِكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا لِّيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَـٰمِ ۗ فَإِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ فَلَهُۥٓ أَسْلِمُوا۟ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُخْبِتِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon bo`ling. Itoatli, mutavoze'larga bashorat ber.Ҳар бир умматга, уларга чорва ҳайвонларини ризқ қилиб берган Аллоҳнинг исмини эслашлари учун, қурбонлик қилишни жорий этганмиз. Бас, илоҳларингиз бир илоҳдир. Бас, Унгагина мусулмон бўлинг. Итоатли, мутавозеъларга башорат бер.Alauddin Mansour: Biz (sizlardan avvalgi moʻmin millatlardan ham) barcha millatga (Alloh) ularni rizqlantirgan chorva hayvonlarini (soʻyish-qurbon qilish) ustida Allohning nomini zikr qilishlari uchun qurbonlik qilishni buyurganmiz. Bas, (barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina boʻyinsuningiz! Itoat qilguvchi zotlarga xushxabar bering!Биз (сизлардан аввалги мўмин миллатлардан ҳам) барча миллатга (Аллоҳ) уларни ризқлантирган чорва ҳайвонларини (сўйиш-қурбон қилиш) устида Аллоҳнинг номини зикр қилишлари учун қурбонлик қилишни буюрганмиз. Бас, (барчаларингизнинг) илоҳингиз бир Илоҳдир. Бас, Унгагина бўйинсунингиз! Итоат қилгувчи зотларга хушхабар беринг!

336-sahifa · 17-juz · 34-hizb336-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِكُلِّva har bir uchunва ҳар бир учунأُمَّةٍۢummatумматجَعَلْنَاjoriy etganmizжорий этганмизمَنسَكًۭاqurbonlik qilishniқурбонлик қилишниلِّيَذْكُرُوا۟eslashlari uchunэслашлари учунٱسْمَisminiисминиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَىٰustigaустигаمَاnarsaнарсаرَزَقَهُمularga rizq qilib berganуларга ризқ қилиб берганمِّنۢ-dan-данبَهِيمَةِhayvonlariҳайвонлариٱلْأَنْعَـٰمِ ۗchorvaчорваفَإِلَـٰهُكُمْbas, ilohingizбас, илоҳингизإِلَـٰهٌۭilohdirилоҳдирوَٰحِدٌۭbirбирفَلَهُۥٓbas, Ungaginaбас, Унгагинаأَسْلِمُوا۟ ۗmusulmon boʻlingмусулмон бўлингوَبَشِّرِva bashorat berва башорат берٱلْمُخْبِتِينَitoatli mutavozeʼlargaитоатли мутавозеъларга
TafsirТафсир

Demak, Alloh taolo hamma ummatlarga qurbonlik qilishni joriy etgan. Qurbonlik ham katta ibodatlardan sanaladi. Hamma ibodat Alloh uchun boʻlganidek, qurbonlik ibodati ham Alloh uchundir. Odamlarga chorva hayvonlarini rizq qilib bergani uchun ular shukr qilib, ulugʻlab, Allohning nomini zikr qilsinlar deb, qurbonlik joriy etilgan. Shu bois, Allohdan boshqaning nomi aytilib soʻyilgan hayvon goʻshti harom boʻladi.

Hamma ummatlarga qurbonlik qilish buyurilganligi haqidagi xabardan keyin:

«Bas, ilohlaringiz bir ilohdir», deb Allohning yagonaligi eslatilmoqda.

Ha, hammaning ilohi–maʼbudi biru bor Alloh taolodir. Hamma faqat Ungagina ibodat qilishi kerak. Hamma Ungagina qurbonlik soʻyishi kerak.

«Bas, Ungagina musulmon boʻling.»

Hamma faqat Alloh taoloning Oʻzigagina taslim boʻlib, itoat etishi kerak. Ungagina iymon keltirib, musulmon boʻlishi kerak. Ana oʻshandagina ikki dunyo saodatiga erishadi.

Quyidagi jumlalarda vasfi kelgan bandalar bashoratga haqli boʻladi:

«Itoatli, mutavozeʼlarga bashorat ber».

Alloh taologa toat qilib, oʻzini mutavoze tutgan bandalarga bashorat ber. Ey Paygʻambar, ey, ulugʻ shaʼn sohibi!

Ularning vasflari quyidagicha:

«Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan...»

Yaʼni, ularning qalblari shunchalik pok, Allohning muhabbatiga toʻliqki, ularga targʻib-tashviqning ham keragi yoʻq, faqat Allohning nomi zikr qilinsa, bas, qalblari titrab ketadi.

«...va oʻzlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar...»

Musiybat yetganda jazavaga tushmaydilar, sabrsizlik qilmaydilar, balki Allohning qazosiga rozi boʻlib, sabr etadilar.

«...namozni toʻkis ado etguvchilardir...»

Namozni toʻkis ado etmasdan turib, bashoratdan umidvor boʻlish aslo mumkin emas.

«...ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.»

Bular moliyaviy ibodatlari boʻladi.

Hajda badan ibodatiga qoʻshilib, moliyaviy ibodat ham bor. Misol uchun, qurbonlik qilish.