ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَٱلصَّـٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمْ وَٱلْمُقِيمِى ٱلصَّلَوٰةِ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o`zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to`kis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.Улар Аллоҳ зикр қилинган вақтда қалблари титрайдиган ва ўзларига етган мусийбатга сабр қилгувчилар ҳамда намозни тўкис адо этгувчилардир, уларга ризқ қилиб берган нарсамиздан инфоқ қиладилар.Alauddin Mansour: Ular Allohni zikr qilinganida, dillari qoʻrquvga tushadigan, oʻzlariga yetgan balolarga sabr-toqat qiladigan, namozni toʻkis ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan zotlardir.Улар Аллоҳни зикр қилинганида, диллари қўрқувга тушадиган, ўзларига етган балоларга сабр-тоқат қиладиган, намозни тўкис адо этадиган ва Биз ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ-эҳсон қиладиган зотлардир.
Demak, Alloh taolo hamma ummatlarga qurbonlik qilishni joriy etgan. Qurbonlik ham katta ibodatlardan sanaladi. Hamma ibodat Alloh uchun boʻlganidek, qurbonlik ibodati ham Alloh uchundir. Odamlarga chorva hayvonlarini rizq qilib bergani uchun ular shukr qilib, ulugʻlab, Allohning nomini zikr qilsinlar deb, qurbonlik joriy etilgan. Shu bois, Allohdan boshqaning nomi aytilib soʻyilgan hayvon goʻshti harom boʻladi.
Hamma ummatlarga qurbonlik qilish buyurilganligi haqidagi xabardan keyin:
«Bas, ilohlaringiz bir ilohdir», deb Allohning yagonaligi eslatilmoqda.
Ha, hammaning ilohi–maʼbudi biru bor Alloh taolodir. Hamma faqat Ungagina ibodat qilishi kerak. Hamma Ungagina qurbonlik soʻyishi kerak.
«Bas, Ungagina musulmon boʻling.»
Hamma faqat Alloh taoloning Oʻzigagina taslim boʻlib, itoat etishi kerak. Ungagina iymon keltirib, musulmon boʻlishi kerak. Ana oʻshandagina ikki dunyo saodatiga erishadi.
Quyidagi jumlalarda vasfi kelgan bandalar bashoratga haqli boʻladi:
«Itoatli, mutavozeʼlarga bashorat ber».
Alloh taologa toat qilib, oʻzini mutavoze tutgan bandalarga bashorat ber. Ey Paygʻambar, ey, ulugʻ shaʼn sohibi!
Ularning vasflari quyidagicha:
«Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan...»
Yaʼni, ularning qalblari shunchalik pok, Allohning muhabbatiga toʻliqki, ularga targʻib-tashviqning ham keragi yoʻq, faqat Allohning nomi zikr qilinsa, bas, qalblari titrab ketadi.
«...va oʻzlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar...»
Musiybat yetganda jazavaga tushmaydilar, sabrsizlik qilmaydilar, balki Allohning qazosiga rozi boʻlib, sabr etadilar.
«...namozni toʻkis ado etguvchilardir...»
Namozni toʻkis ado etmasdan turib, bashoratdan umidvor boʻlish aslo mumkin emas.
«...ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.»
Bular moliyaviy ibodatlari boʻladi.
Hajda badan ibodatiga qoʻshilib, moliyaviy ibodat ham bor. Misol uchun, qurbonlik qilish.