QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят36

وَٱلْبُدْنَ جَعَلْنَـٰهَا لَكُم مِّن شَعَـٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ ۖ فَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا صَوَآفَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْقَانِعَ وَٱلْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَـٰهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.Ва туяларни сиз учун Аллоҳнинг нишонларидан қилдик. Уларда сизга яхшилик бор. Уларга олд оёқларидан бири боғлиқ турган ҳолида Аллоҳнинг номини зикр қилинг. Ёнлари ерга текканида эса, бас, улардан енг ва қаноатли ва тиланган камбағалларни ҳам таомлантиринг. Шундай қилиб, Биз уларни сизга бўйинсундириб қўйдик. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: (Baytullohda qurbon qilinadigan) tuya-mollarni Biz sizlar uchun Alloh qonunlaridan qildik. Sizlar uchun ularni (qurbon qilishda) yaxshilik bordir. Bas, ular (soʻyish uchun) tizib qoʻyilgan hollarida Alloh nomini zikr qilingiz. Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida (yaʼni, jon taslim qilganlarida), ulardan (oʻzlaringiz ham) yeyaveringlar, (birovdan bir narsa soʻramaydigan) qanoatli kishiga va (muhtoj) tilanchiga ham yediringlar. Shukr qilishlaringiz uchun Biz ularni (yaʼni, tuya-mollarni) sizlarga boʻysundirdik.(Байтуллоҳда қурбон қилинадиган) туя-молларни Биз сизлар учун Аллоҳ қонунларидан қилдик. Сизлар учун уларни (қурбон қилишда) яхшилик бордир. Бас, улар (сўйиш учун) тизиб қўйилган ҳолларида Аллоҳ номини зикр қилингиз. Энди қачон ёнбошлари билан тушганларида (яъни, жон таслим қилганларида), улардан (ўзларингиз ҳам) еяверинглар, (бировдан бир нарса сўрамайдиган) қаноатли кишига ва (муҳтож) тиланчига ҳам едиринглар. Шукр қилишларингиз учун Биз уларни (яъни, туя-молларни) сизларга бўйсундирдик.

336-sahifa · 17-juz · 34-hizb336-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْبُدْنَva tuyalarniва туяларниجَعَلْنَـٰهَاularni qildikуларни қилдикلَكُمsiz uchunсиз учунمِّن-dan-данشَعَـٰٓئِرِnishonlariнишонлариٱللَّهِAllohningАллоҳнингلَكُمْsizgaсизгаفِيهَاulardaулардаخَيْرٌۭ ۖyaxshilik borяхшилик борفَٱذْكُرُوا۟bas, zikr qilingбас, зикр қилингٱسْمَnominiноминиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْهَاulargaуларгаصَوَآفَّ ۖsaf tortgan holdaсаф тортган ҳолдаفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиوَجَبَتْyerga tekkanidaерга текканидаجُنُوبُهَاyonlariёнлариفَكُلُوا۟bas, yenglarбас, енгларمِنْهَاulardanуларданوَأَطْعِمُوا۟va taomlantiringва таомлантирингٱلْقَانِعَqanoatli kambagʻalniқаноатли камбағалниوَٱلْمُعْتَرَّ ۚva tilangan kambagʻalniва тиланган камбағалниكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибسَخَّرْنَـٰهَاularni boʻyinsundirdikуларни бўйинсундирдикلَكُمْsizgaсизгаلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taolo ushbu oyati karimada qurbonlik qilinadigan hayvonlarning eng kattasi boʻlmish tuya haqida soʻz yuritmoqda.

«Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik.»

Yaʼni, tuyalarni Allohning dinidagi ulkan ibodatda qurbon etiladigan hayvonlardan qildik.

«Ularda sizga yaxshilik bor.»

Tuyalarda odamlar uchun koʻplab yaxshiliklar bor. Kerak boʻlganida minadilar, yuk ortadilar, markablarga qoʻshadilar, sutini ichadilar, goʻshtini yeydilar, terisidan, junidan foydalanadilar, sotib, moddiy manfaat koʻradilar. Eng muhimi, ularni qurbonlikka soʻyib, Allohga qurbat hosil qiladilar.

«Ularga old oyoqlaridan biri bogʻliq turgan holida Allohning nomini zikr qiling.»

Tuya tik turgan holida, old oyoqlaridan biri boʻyniga bogʻlab turilib soʻyiladi. Bu holni arab tilida bir soʻz bilan «savaffa» deyiladi. Demak, tuyani qurbonlikka soʻyish uchun old oyoqlaridan birini bogʻlab qoʻygan chogʻda Allohning nomini zikr qilib soʻyish kerak.

Yaʼni, «Bismillahi, Allohu akbar. Allohumma, minna ilayka», deb turib soʻyish kerak. Soʻygandan soʻng:

«Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambagʻallarni ham taomlantiring».

Yaʼni, soʻyilgan tuyalar yerga yiqilganlaridan soʻng, goʻshtidan oʻzingiz ham tanovul qiling. Iffati tilanishga yoʻl bermay, qanoat qilib turgan kambagʻallarga ham, qanoat qila olmay, tilanib yurgan kambagʻallarga ham bering.

«Shunday qilib, Biz ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydik.»

Ulkan jasadli, quvvatli boʻlsa ham, siz aql ishlatib, ularni izmingizga solasiz, foydalanasiz.

«Shoyadki, shukr qilsangiz.»

Shoyadki, shunchalik sharoit yaratib bergan Allohga maqtovlar aytsangiz, U bergan neʼmatlarni oʻz oʻrnida va Uni rozi qiladigan etib sarflasangiz.

Qurbonlik qilish ibodati ham, boshqa ibodatlar kabi, Alloh uchun deyilsa-da, aslida, foydani inson koʻradi. Qurbonlik qilingan hayvonning goʻshtidan soʻygan odamning oʻzi va faqir-fuqarolar manfaatdor boʻladi.