لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَآؤُهَا وَلَـٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقْوَىٰ مِنكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.Уларнинг гўштлари ҳам, қонлари ҳам зинҳор Аллоҳга етмас. Лекин Унга сиздан тақво етадир. Шундай қилиб, сизни ҳидоят қилгани эвазига Аллоҳга такбир айтишингиз учун уларни сизга бўйинсундириб қўйди. Яхшилик қилгувчиларга башорат бер.Alauddin Mansour: Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) goʻshtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin U zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli U zotni ulugʻlashlaringiz uchun (yaʼni, qurbonliklaringizni soʻyayotgan paytingizda Allohning ismini zikr qilishingiz uchun) ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Yaxshilik qilguvchilarga xushxabar bering.Аллоҳга (қилган қурбонликларингизнинг) гўштлари ҳам, қонлари ҳам етмас. Лекин У зотга сизларнинг тақво-ихлосингиз етар. Аллоҳ сизларни ҳидоят қилгани сабабли У зотни улуғлашларингиз учун (яъни, қурбонликларингизни сўяётган пайтингизда Аллоҳнинг исмини зикр қилишингиз учун) уларни сизларга бўйсундириб қўйди. Яхшилик қилгувчиларга хушхабар беринг.
Ha, qurbonlikka soʻyilgan hayvonlarning goʻshtlarini ham, qonlarini ham Alloh taolo olmaydi. U zot ularga muhtoj emas. Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Banda ixlos bilan qurbonlik qilib, Allohning yoʻlida hayvon soʻymoqdami, demak, oʻsha bandaning Alloh taologa taqvosi bor ekan. Allohning roziligi uchun borini qurbon qilishga tayyor ekan. Shu bilan birga, qurbonlik qilish banda uchun Allohni ulugʻlashga bir fursatdir.
«Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydi.»
Banda Allohni qancha ulugʻlasa, shuncha oz. Birgina hidoyatga boshlab qoʻygani uchun qancha takbir aytsa, oz. Qurbonlik qilish ham, Allohning yoʻlida har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanini koʻrsatish ham oʻsha hidoyat uchun Alloh taoloni ulugʻlashdir.
Imom Abu Hanifa mazhablari boʻyicha, moli zakot berish nisobiga yetgan muqim odamga qurbonlik qilish vojib boʻladi.
«Yaxshilik qiluvchilarga bashorat ber.»
Yaʼni, tasavvurni, eʼtiqodni, amalni, ibodatni oʻnglagan va bosh- qa burchlarni yaxshi ado etadiganlarga xushxabar ber.
Moʻmin-musulmonlar ushbu ibodatlarni qilishlari lozim. Lekin mushrik-kofirlar ularga bu imkoniyatni bermayaptilar. Ularning tinchlarini buzib, hujum qilmoqdalar. Masjidul Haromdan, Allohning yoʻlidan toʻsmoqdalar. Nima qilish kerak? Ular doimo kofirlardan qoʻrqib yuraveradilarmi?