۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍ كَفُورٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush ko`rmas.Албатта, Аллоҳ иймон келтирганларни мудофаа қилур. Албатта, Аллоҳ барча хоин ва кофирларни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: Albatta Alloh iymon keltirgan zotlarni mudofaa — himoya qilur. Albatta Alloh barcha xoin va kufroni neʼmat qilguvchilarni suymas.Албатта Аллоҳ иймон келтирган зотларни мудофаа — ҳимоя қилур. Албатта Аллоҳ барча хоин ва куфрони неъмат қилгувчиларни суймас.
Alloh taolo Oʻziga iymon keltirgan bandalarini nusratsiz qoldirmaydi. Albatta, ularni himoya qiladi. Ularga yordam beradi. Dushmanlari ustidan nusrat ato qiladi. Shu bilan bir vaqtda, Alloh taolo moʻmin bandalariga dushman boʻlgan xoin va kofirlarni yomon koʻradi. Har bir moʻmin inson bu haqiqatni yaxshi anglab qoʻyishi zarur.