QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят39

أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَـٰتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا۟ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.Ўзларига қарши уруш очганларга, уларга зулм қилингани учун, (урушга) изн берилди. Албатта, Аллоҳ уларга нусрат беришга қодирдир.Alauddin Mansour: Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum boʻlganlari sababli (jang qilish) izni berildi. Albatta Alloh ularni gʻolib qilishga qodirdir.Ҳужумга учраётган зотларга мазлум бўлганлари сабабли (жанг қилиш) изни берилди. Албатта Аллоҳ уларни ғолиб қилишга қодирдир.

337-sahifa · 17-juz · 34-hizb337-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُذِنَizn berildiизн берилдиلِلَّذِينَkimlargakiкимларгакиيُقَـٰتَلُونَoʻzlariga qarshi urush ochilganlargaўзларига қарши уруш очилганларгаبِأَنَّهُمْchunki ularчунки уларظُلِمُوا۟ ۚzulm qilindilarзулм қилиндиларوَإِنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаنَصْرِهِمْularga nusrat berishgaуларга нусрат беришгаلَقَدِيرٌalbatta qodirdirалбатта қодирдир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima hijratdan keyin nozil boʻlgandir. U musulmonlarga kofirlarga qarshi urush qilishga izn beruvchi birinchi oyatdir. Bungacha hatto himoya uchun kofirlarga qarshi jang qilishga ham ruxsat yoʻq edi. Mushriklar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va u kishining sahobai kiromlariga istaganlaricha azob, ozor berishar, zulm qilishar edi. Sahobai kiromlardan baʼzilari kaltaklangan, yarador boʻlgan hollarida kelib, boshlaridan oʻtgan nohaqlik va zulmdan shikoyat qilsalar, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Sabr qilinglar, menga urush qilish uchun izn berilgani yoʻq», der edilar.

Va nihoyat, ushbu oyati karima nozil boʻldi. Bu oyatda musulmonlarga urush qilishga ruxsat mazlum boʻlganlari, azob-uqubatga qolganlari uchun berilgani ochiq-oydin aytilmoqda.

«Oʻzlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi.»

Demak, kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan. Musulmonlar hujumga va zulmga uchraganlar. Endi ular oʻzlarini himoya qilmasalar, boʻlmaydi. Kofirlar ularni yoʻq qilib yuborishlari mumkin.

«Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.»

Musulmonlar urushga kirsalar, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.

Alloh taolo bundan oldingi oyatda iymon keltirganlarni mudofaa qilishini aytgan edi. Bu oyatda esa, urush qilishga izn bermoqda. Moʻminlarni oʻzlarini oʻzlari mudofaa qilishga chaqirmoqda. Buni qanday tushunmoq kerak? Avvalo, bu yerda hech bir qarama-qarshilik yoʻq. Alloh taolo moʻmin bandalarini mudofaa qilgan, qilmoqda va qiladi ham. Moʻminlarni urush qilishga chaqirish esa, Islom dinining umumiy taʼlimotidan kelib chiqqandir. Islom–harakat, ijtihod dinidir. Islom dangasalikka, tanballikka butunlay qarshi. Shuning uchun, Islom taʼlimotida, ibodatlarida harakat, saʼy-koʻshish avvalgi eʼtiborda turadi. Alloh taolo hamma narsani harakat qilganga beradi. Hatto, iymonli boʻlish uchun ham harakat qilish kerak. Aqlini, fikrini ishga solib, hidoyat yoʻlini axtarib, harakat qilmagan odam iymon yoʻliga kirishi amri mahol. Shuningdek, Alloh rizqi roʻzni ham harakat qilganga beradi. Alloh bilan banda orasidagi aloqa boʻlmish namoz, roʻza, zikr, zakot va hajga oʻxshash ibodatlar asosini ham harakat tashkil etadi. Namoz oʻqish uchun tahorat olish, masjidga borish, namozga joy tayyorlash kerak. Niyat qilib, namozga turganingdan boshlab hamma boʻgʻinlaring ishga tushadi. Qiyom, rukuʼ, sajda va boshqa hollarda harakatga kelmagan aʼzoing qolmaydi. Boshqa dinlarga oʻxshab, oʻtirgan joyida xayoldan oʻtkazib qoʻyaversa ham boʻlardi. Ammo Alloh buni xohlamadi, musulmonlarning harakatchan boʻlishlarini xohladi.

Shuningdek, roʻza ibodati ham harakatdan iborat. Saharlikka turish, roʻzani niyat qilish, taom va sharobdan tiyilib boʻlsa-da, faoliyatini davom ettirish. Iftor qilish. Yigirma rakʼat qoʻshimcha taroveh namozini oʻqish. Yana, tunlarni bedor oʻtkazish— hammasi harakatdan iborat.

Haj ibodati esa, harakatning eng ulkanidir.

Ana oʻsha asoslardan kelib chiqib, moʻminlar mudofaasi ham jihodga bogʻliq qilib qoʻyilgan. Moʻminlar harakat qilib, oʻzlarini mudofaa etadilar. Alloh esa, ularga nusrat beradi:

«Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir».

Ha, Alloh taolo moʻmin bandalariga, ular urush qilmasalar ham, nusrat berishga qodirdir. Ammo U zot bandalariga shu yoʻl bilan ham savob kasb qilish, martabalarini orttirish imkonini ochib beradi. Yana boshqa hikmatlari ham koʻp.

Moʻminlarga urush qilishga izn berilishining boshqa baʼzi sabablari kelasi oyatda ham bayon etiladi: