ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِم بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّهُدِّمَتْ صَوَٰمِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَٰتٌ وَمَسَـٰجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا ٱسْمُ ٱللَّهِ كَثِيرًا ۗ وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun o`z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko`plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo`lur edi. Albatta, Alloh O`ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir.Улар ноҳақдан, фақатгина «Роббимиз Аллоҳ» деганлари учун ўз диёрларидан чиқарилгандирлар. Агар Аллоҳ одамларнинг баъзиларини баъзилари билан дафъ қилиб турмаса, узлатгоҳлар, канисалар, ҳавралар ва Аллоҳнинг номи кўплаб зикр қилинадиган масжидлар вайрон қилинган бўлур эди. Албатта, Аллоҳ Ўзига ёрдам берганларга ёрдам берур. Албатта, Аллоҳ кучли ва ғолибдир.Alauddin Mansour: Ular oʻz diyorlaridan faqatgina «Bizning Parvardigorimiz (yagona) Allohdir», deganlari uchun quvilgan zotlardir. Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan dafʼ qilib turmas ekan, shubhasiz, Alloh nomi koʻp zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan boʻlur edi. Albatta Alloh Oʻziga (yaʼni, diniga) yordam beradigan zotlarni gʻolib qilur. Shubhasiz, Alloh kuchli, qudratlidir.Улар ўз диёрларидан фақатгина «Бизнинг Парвардигоримиз (ягона) Аллоҳдир», деганлари учун қувилган зотлардир. Агар Аллоҳ одамларнинг айримларини айримлари билан дафъ қилиб турмас экан, шубҳасиз, Аллоҳ номи кўп зикр қилинадиган (роҳибларнинг) узлатгоҳлари, (насронийларнинг) бутхоналари, (яҳудийларнинг) ибодатхоналари ва (мусулмонларнинг) масжидлари вайрон қилинган бўлур эди. Албатта Аллоҳ Ўзига (яъни, динига) ёрдам берадиган зотларни ғолиб қилур. Шубҳасиз, Аллоҳ кучли, қудратлидир.
Avvalo, musulmonlarga, xususan muhojir musulmonlarga nisbatan zulm oʻtkazildi.
«Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun oʻz diyorlaridan chiqarilgandirlar.»
«Robbimiz Alloh» deganlari uchun mushriklar ularni anvoi azob-uqubatlarga mubtalo etdilar. Baʼzilarini oʻldirdilar, boshqalarini kaltakladilar, yarador qildilar, turli qiyinchiliklarga soldilar. Oxiri kelib, mushriklar ularni butunlay yoʻq qilib yuborish payida boʻlib qoldilar. Ana shunda, musulmonlar oʻz mahbub diyorlarini, ahli ayol, qarindosh-urugʻ, molu mulklarini tashlab chiqishga majbur boʻldilar. Lekin mushriklar ularni hijrat qilib borgan joylarida ham tek qoʻymadilar. Ana shundagina urush qilishga musulmonlarga izn berildi. Izn berilmasa ham, boʻlmas edi. Haddidan oshgan kofirlar har narsa qilishlari mumkin edi.
«Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan boʻlur edi.»
Yaʼni, Alloh taolo dinu diyonat, iymon-eʼtiqod homiylari boʻlmish moʻmin bandalari ila kofir va mushriklarni daf qilib turmasa, hammayoq ostin-ustin boʻlib ketar edi. Kofir va mushriklar haddilaridan oshib, dinlarning eng muqaddas ibodatxonalarini ham vayron qilar edilar. Ular «uzlatxonalar»ni, yulduzga sigʻinadigan sobiiylarning arabchada «savmaʼa» deb nomlangan obidalarini, xristianlardagi «monastir» deb ataladigan ibodatxonalarni ham vayron qilar edilar. Nasorolarning kanisalarini-da qoʻymasdilar. Yahudiylarning havralarini ham, Alloh koʻplab zikr qilinadigan musulmonlarning masjidlarini ham vayron qilar edilar.
Darhaqiqat, tarixga nazar solinadigan boʻlsa, Islom boʻlmagan joyda, musulmonlar faoliyat koʻrsatmagan yerda turli ibodatxonalar, ularning muqaddasligiga qaramay, vahshiylarcha vayron qilinganligi koʻriladi. Faqat musulmonlargina urush holatida ham ibodatxonalarning rioyasini qilganlar. Ammo Islom dushmanlari imkon topdi degunicha masjid buzishga oʻtishlari hammaga maʼlum.
«Albatta, Alloh Oʻziga yordam berganlarga yordam berur.»
Yaʼni, Alloh Oʻz diniga yordam bergan bandalariga yordam berur. Allohning diniga musulmonlar yordam beradilar. Ular dunyoda Allohning dini ustun boʻlishi uchun harakat qiladilar. Demak, Alloh ham ularga bu ishda yordamini beradi.
«Albatta, Alloh kuchli va gʻolibdir.»
Musulmon bandalariga yordam berib, gʻolib qilishga qodirdir.
Kelasi oyatda Alloh taolo musulmon bandalarning vasfini davom ettiradi: