وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi bo`lgan holida ham muhlat berdim. So`ngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.Қанчадан-қанча шаҳар-қишлоқларга зулм қилгувчи бўлган ҳолида ҳам муҳлат бердим. Сўнгра уларни (азобга) тутдим. Қайтиш фақат Менгагинадир.Alauddin Mansour: Qanchadan-qancha zolim-kofir boʻlgan hollarida Men (halok qilmay) muhlat berib qoʻyib, soʻng (azobim bilan) ushlagan qishloq-shaharlar boʻlgandir. Yolgʻiz Mengagina qaytish(ingiz) bordir.Қанчадан-қанча золим-кофир бўлган ҳолларида Мен (ҳалок қилмай) муҳлат бериб қўйиб, сўнг (азобим билан) ушлаган қишлоқ-шаҳарлар бўлгандир. Ёлғиз Менгагина қайтиш(ингиз) бордир.
Darhol azob kelmaganiga aldanib, kofirlar gʻururga ketmasinlar. Qani, vaʼda qilgan azobing tezroq kelmaydimi, deb Paygʻambarni masxara qilmasinlar. Mening odatim oʻzi shunday. Isyonlari va zulmlariga qaramay, kofirlarga muhlat berib, ularni tek qoʻyib qoʻyaman.
Oʻtmishda ham:
«Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi boʻlgan holida ham muhlat berdim».
Ularga azob yuborishga shoshilmadim.
«Soʻngra ularni (azobga) tutdim.»
Ana u mushrik-kofirlar ham shoshilmay turaversinlar. Vaqt- soati kelganida, albatta, ularni ham azobga tutishim bor. Ular, baribir, Mening azobimga duchor boʻlishadi. Chunki:
«Qaytish faqat Mengaginadir».
Mendan oʻzga hech kimga qaytish yoʻq.
Endi Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, odamlarga gapning ochigʻini aytib qoʻyishga amr etadi.