QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят47

وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ ۚ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.Улар сендан азобнинг тезроқ келишини сўрарлар. Ҳолбуки, Аллоҳ ваъдасига хилоф қилмас. Дарҳақиқат, Роббинг ҳузуридаги бир кун сиз санайдиган минг йилдекдир.Alauddin Mansour: Ular sizdan (istehzo bilan Alloh vaʼda etgan) naqd azobni talab qiladilar. Holbuki, Alloh Oʻz vaʼdasiga hargiz xilof qilmas. Darvoqeʼ, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir.Улар сиздан (истеҳзо билан Аллоҳ ваъда этган) нақд азобни талаб қиладилар. Ҳолбуки, Аллоҳ Ўз ваъдасига ҳаргиз хилоф қилмас. Дарвоқеъ, Парвардигорингиз наздидаги бир кун(лик азоб) сизларнинг ҳисоб-китобингиздаги минг йилга баробардир.

338-sahifa · 17-juz · 34-hizb338-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْتَعْجِلُونَكَva sendan tezroq kelishini soʻrarlarва сендан тезроқ келишини сўрарларبِٱلْعَذَابِazobningазобнингوَلَنva zinhor emasва зинҳор эмасيُخْلِفَxilof qilurхилоф қилурٱللَّهُAllohАллоҳوَعْدَهُۥ ۚOʻz vaʼdasigaЎз ваъдасигаوَإِنَّva albattaва албаттаيَوْمًاbir kunбир кунعِندَhuzuridagiҳузуридагиرَبِّكَRobbingРоббингكَأَلْفِmingdekмингдекسَنَةٍۢyilйилمِّمَّاshulardanшуларданتَعُدُّونَsiz sanaydiganсиз санайдиган
TafsirТафсир

Kofirlarning kasbi shu. Oʻzidan oldin oʻtganlarning halokatini, halokatga uchrash sabablarini koʻrib-bilib turib ham, yana ularning xatolarini takrorlaydilar. Ularga, kufr keltirmanglar, isyon qilmanglar, yana, avval oʻtgan kofirlarga kelgan azob sizga ham kelib qolmasin, deyilsa:

«Ular sendan azobning tezroq kelishini soʻrarlar».

Bu bilan ular Alloh tomonidan vaqtincha tark etib qoʻyilganlarini tushunmay, gʻururga ketadilar. Paygʻambarni masxara qiladilar. Ularga azob kelishini Paygʻambar oʻzidan chiqarib aytgani yoʻq. U Allohning vaʼdasini yetkazgan edi, xolos.

«Holbuki, Alloh vaʼdasiga xilof qilmas.»

Modomiki, kofirlarga azob yuborishni vaʼda qildimi, ularga Allohning azobi albatta keladi. Shoshilmay tursinlar. Azobni qachon yuborishni Allohning Oʻzi biladi. Alloh taolo hech shoshilmaydi.

«Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun, siz sanaydigan ming yildekdir.»

Shuning uchun ham, U zot hech shoshilmaydi.