أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَآ أَوْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى ٱلْأَبْصَـٰرُ وَلَـٰكِن تَعْمَى ٱلْقُلُوبُ ٱلَّتِى فِى ٱلصُّدُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko`zlar ko`r bo`lmas, siynalardagi qalblar ko`r bo`lur.Ахир, ер юзида айланиб юрмайдиларми, токи қалблар ила ақл юритсалар, қулоқлари ила эшитсалар. Зеро, кўзлар кўр бўлмас, сийналардаги қалблар кўр бўлур.Alauddin Mansour: Axir ular (yaʼni, Makka mushriklari) Yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi, (ana oʻshanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar boʻlur edi. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, balki koʻkslaridagi koʻngillar koʻr boʻlur.Ахир улар (яъни, Макка мушриклари) Ер юзида сайр қилиб-айланмайдиларми, (ана ўшанда) улар учун доно диллар, тинглайдиган қулоқлар бўлур эди. Зеро, кўзлар кўр бўлмас, балки кўксларидаги кўнгиллар кўр бўлур.
Oʻsha kofirlar yer yuzida aylanib yurganlarida, oʻtgan kofirlardan qolgan asarlarni koʻrar edilar. Ularni koʻrib, tafakkur qilganlarida, qalblari taʼsirlanib, aqllari kirar edi. Shifti qulab tushgan uylar, tashlandiq quduqlar, huvillab qolgan qasrlar ularga ibrat boʻlardi. Koʻrganlaridan xulosa chiqarib, aqllarini peshlab olar edilar. Ha,
«Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar».
Shuningdek, kofirlar yer yuzida aylanib yurganlarida, odamlardan oʻtgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar.
«Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, siynalardagi qalblar koʻr boʻlur.»
Koʻr qalblarni ochish uchun esa, ibrat ola bilish kerak. Lekin, ey Muhammad, ular ibrat olishning teskarisiga ish qilmoqdalar.