QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят45

فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ فَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَبِئْرٍ مُّعَطَّلَةٍ وَقَصْرٍ مَّشِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi bo`lgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).Қанчадан-қанча шаҳар-қишлоқларни зулм қилгувчи бўлган ҳолида ҳалок этдик. Бас, улар (ҳозирда) шифтлари қулаган, ташландиқ қудуқ, (ҳувиллаган) юксак қаср (ҳолидадир).Alauddin Mansour: Zotan qanchadan-qancha zolim-kofir boʻlgan hollarida Biz halok qilgan, bas, tomlari (yiqilib) huvillab qolgan qishloq-shaharlar, (qancha) tashlandiq quduqlar va yuksak (lekin kimsasiz) qasrlar bordir.Зотан қанчадан-қанча золим-кофир бўлган ҳолларида Биз ҳалок қилган, бас, томлари (йиқилиб) ҳувиллаб қолган қишлоқ-шаҳарлар, (қанча) ташландиқ қудуқлар ва юксак (лекин кимсасиз) қасрлар бордир.

337-sahifa · 17-juz · 34-hizb337-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَأَيِّنbas, qanchadan-qanchaбас, қанчадан-қанчаمِّن-dan-данقَرْيَةٍshahar-qishloqшаҳар-қишлоқأَهْلَكْنَـٰهَاuni halok etdikуни ҳалок этдикوَهِىَholbuki, uҳолбуки, уظَالِمَةٌۭzulm qilguvchi ediзулм қилгувчи эдиفَهِىَbas, uбас, уخَاوِيَةٌqulagan (huvillagan)қулаган (ҳувиллаган)عَلَىٰustigaустигаعُرُوشِهَاoʻz shiftlariўз шифтлариوَبِئْرٍۢva quduqва қудуқمُّعَطَّلَةٍۢtashlandiqташландиқوَقَصْرٍۢva qasrва қасрمَّشِيدٍyuksakюксак
TafsirТафсир

Oʻtmishda zulm qilib, Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarib, kufr keltirgan qanchadan-qancha yurtlarni vayron etib, halok qilganmiz. Bas, hozirda ulardan qolgan asarlarni: tomi devorlari ustiga qulab tushgan uylarni, tashlandiq, foydalanilmay qolgan quduqlarni va huvillagan yuksak qasrlarni koʻring.

Shiftlari qulab yotgan bu uylarda bir vaqtlar oʻziga zeb berganlar, molu mulkiga ishonganlar, kuch-quvvati ila kerilgan bandalar dabdabayu asʼasa bilan yashar edilar. Bu uylarda hayot qaynoq edi. Bu uylar turli odamlarga, zebu ziynatlarga toʻliq edi.

Hozirda tashlandiq boʻlib yotgan quduqlarning atrofi ham obod, gavjum edi. Odamlar ulardan tinmay suv olib turar edilar. Suvga kelganlarning suhbati bilan u yerlar obod edi. Huvillab qolgan yuksak qasrlarda esa, hokimlar, boy-zodagonlar yashar edilar. Bu qasrlarda kimlar yashamagan. Ne-ne ishlar boʻlmagan, deysiz. Lekin ularning kufri, zulmi tufayli hamma narsa barbod boʻldi. Oʻzlari halokatga uchradi. Yurtlari shu holga tushdi. Ularning bu holati hammaga ibrat boʻlishi kerak edi. Ammo kofir, mushriklarga hayronsan. Ular oxirgi Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham yolgʻonchiga chiqarishmoqda. Ular oʻtmishda halokatga uchragan qavmlarning xatosini aynan takrorlamoqdalar.