وَأَصْحَـٰبُ مَدْيَنَ ۖ وَكُذِّبَ مُوسَىٰ فَأَمْلَيْتُ لِلْكَـٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Madyan egalari ham. Va Muso ham yolg`onchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, so`ngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!Мадян эгалари ҳам. Ва Мусо ҳам ёлғончи қилинди. Мен кофирларга бир оз муҳлат бердим, сўнгра уларни тутдим. Бас, Менинг инкорим қандоқ бўлди?!Alauddin Mansour: Madyan (shahrining) aholisi (Shuaybni yolgʻonchi qilgandirlar). Muso ham yolgʻonchi qilindi. Men esa kofir boʻlgan kimsalarga muhlat berib qoʻyib, soʻngra ularni (Oʻz azobim bilan) ushladim. Bas, Mening inkorim qanday boʻldi?!Мадян (шаҳрининг) аҳолиси (Шуайбни ёлғончи қилгандирлар). Мусо ҳам ёлғончи қилинди. Мен эса кофир бўлган кимсаларга муҳлат бериб қўйиб, сўнгра уларни (Ўз азобим билан) ушладим. Бас, Менинг инкорим қандай бўлди?!
Ibrohim qavmi ham Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqardi. Lut qavmi ham Paygʻambarlarini yolgʻonchi deb eʼlon qildi. Madyan egalari ham Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchi deb bildilar.
Shuningdek, Muso alayhissalom ham Firʼavn va uning odamlari tomonidan yolgʻonchi qilindi. Demak, kofirlarning odati oʻzi shu. Ularning qilmishidan siqilmaslik kerak. Ularning oqibati nima boʻlganiga nazar solish kifoya. Qachonki kofirlar Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, kufr keltirib, tugʻyonga ketganlarida:
«Men kofirlarga bir oz muhlat berdim...»
Ularni darhol azobga tutmadim. Muhlat berib qoʻyib:
«...soʻngra ularni tutdim».
Vaqti-soati kelganida, jinoyatlari ustida tutdim.
«Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!»
Albatta, oʻta shiddatli boʻldi. Oʻta qoʻrqinchli boʻldi. Oʻsha kofir, jinoyatchi, Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqargan qavmlarning baʼzilarini toʻfon azobi tutdi. Baʼzilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor boʻldilar.
Ibrat olish uchun ulardan qolgan asarlarga nazar solinsa, yetadi.