وَقَوْمُ إِبْرَٰهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohim qavmi, Lut qavmi.Иброҳим қавми, Лут қавми.Alauddin Mansour: Ibrohimning qavmi (Ibrohimni), Lut qavmi (Lutni),Иброҳимнинг қавми (Иброҳимни), Лут қавми (Лутни),
Ibrohim qavmi ham Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqardi. Lut qavmi ham Paygʻambarlarini yolgʻonchi deb eʼlon qildi. Madyan egalari ham Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchi deb bildilar.
Shuningdek, Muso alayhissalom ham Firʼavn va uning odamlari tomonidan yolgʻonchi qilindi. Demak, kofirlarning odati oʻzi shu. Ularning qilmishidan siqilmaslik kerak. Ularning oqibati nima boʻlganiga nazar solish kifoya. Qachonki kofirlar Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, kufr keltirib, tugʻyonga ketganlarida:
«Men kofirlarga bir oz muhlat berdim...»
Ularni darhol azobga tutmadim. Muhlat berib qoʻyib:
«...soʻngra ularni tutdim».
Vaqti-soati kelganida, jinoyatlari ustida tutdim.
«Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!»
Albatta, oʻta shiddatli boʻldi. Oʻta qoʻrqinchli boʻldi. Oʻsha kofir, jinoyatchi, Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqargan qavmlarning baʼzilarini toʻfon azobi tutdi. Baʼzilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor boʻldilar.
Ibrat olish uchun ulardan qolgan asarlarga nazar solinsa, yetadi.