QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят56

ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فِى جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar.Ўша кунда ҳукмронлик Аллоҳгагина хосдир. У улар орасида ҳукм қилур. Бас, иймон келтирганлар ва яхши амал қилганлар нозу неъмат жаннатларидадирлар.Alauddin Mansour: U kunda podshohlik (yolgʻiz) Allohnikidir. U zotning Oʻzi ular oʻrtasida hukm qilur. Bas, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar noz-neʼmatlarga (toʻla) jannatlardadirlar.У кунда подшоҳлик (ёлғиз) Аллоҳникидир. У зотнинг Ўзи улар ўртасида ҳукм қилур. Бас, иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар ноз-неъматларга (тўла) жаннатлардадирлар.

339-sahifa · 17-juz · 34-hizb339-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْمُلْكُhukmronlikҳукмронликيَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаلِّلَّهِAllohgagina xosdirАллоҳгагина хосдирيَحْكُمُhukm qilurҳукм қилурبَيْنَهُمْ ۚular orasidaулар орасидаفَٱلَّذِينَbas, ularбас, уларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَعَمِلُوا۟va qilganlarва қилганларٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниفِى-da-даجَنَّـٰتِjannatlaridaжаннатларидаٱلنَّعِيمِnozu neʼmatнозу неъмат
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada mazkur toʻsatdan keladigan va qisir boʻlgan kundagi baʼzi holatlar vasf qilinmoqda.

«Oʻsha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir.»

Mazkur kunda hukm qilish yakkayu yagona Zotga xos boʻladi. U kunda barcha hukmni faqatgina Alloh taoloning Oʻzigina qiladi.

«U ular orasida hukm qilur.»

Yaʼni, Alloh taolo bandalar orasida Oʻz hukmini qilur. U zotning ular orasidagi hukmi iymon-eʼtiqodlari va qilgan amallariga qarab quyidagicha boʻlur:

«Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu neʼmat jannatlaridadirlar.»

Alloh taolo qiyomat kuni oralarida hukm qiladiganlarning birinchi toifasi, bu dunyoda moʻmin-musulmon boʻlib, yaxshi amallarni qilib oʻtganlardir. Alloh taolo ularga nozu neʼmat jannatlarini ato qilur.